https://oz.sputniknews-uz.com/20220607/daraxtlarni-noqonuniy-kesganlik-uchun-javobgarlik-yanada-kuchaytirilishi-mumkin-25092046.html
Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlik yanada kuchaytirilishi mumkin
Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlik yanada kuchaytirilishi mumkin
Hujjat bilan daraxt va butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazganlik uchun jarima miqdorlarini oshirish
2022-06-07T12:41+0500
2022-06-07T12:41+0500
2022-06-07T12:44+0500
jamiyat
daraxt kesilishi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/560/09/5600930_0:277:2858:1885_1920x0_80_0_0_0ca7242dfad000cc837b861e54204bad.jpg
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda daraxtlarni kesganlik, shikastlaganlik uchun jarima miqdorlari oshirilishi mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar buni nazarda tutuvchi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini muhokama qilishdi.Taʼkidlanishicha, 2019 yilning oktyabrda daraxtlarni kesishga moratoriy eʼlon qilingan. 2021 yilda moratoriyning amal qilish muddatsiz davrga uzaytirilgan.Ammo shunga qaramay, oʻsimlik dunyosiga boʻlgan tajovuzkor harakatlar davom etmoqda. Bu esa jamoatchilikning haqli eʼtiroziga sabab boʻlmoqda. Xususan, 2019 yilda 3 733, 2020 yilda 7 812, 2021 yilda esa 8 243 tup daraxtlar noqonuniy kesilgan.Hujjat bilan daraxt va butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazganlik uchun jarima miqdorlarini oshirish belgilanmoqda.Shuningdek, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan huquqbuzarlik uchun 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish (amalda 3 milliondan 9 million soʻmgacha jarima) choralarini belgilash koʻzda tutilmoqda.Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jazo kuchaytirildiQizgʻin muhokamalardan soʻng qonun loyihasi qoʻllab-quvvatlangan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/560/09/5600930_63:0:2794:2048_1920x0_80_0_0_d4a40f73407953cdb7c91ec3854cf135.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
daraxt kesilishi
Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlik yanada kuchaytirilishi mumkin
12:41 07.06.2022 (yangilandi: 12:44 07.06.2022) Taklifga koʻra, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bu huquqbuzarlik uchun 15 sutkagacha qamalish mumkin.
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda daraxtlarni kesganlik, shikastlaganlik uchun jarima miqdorlari oshirilishi mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar buni nazarda tutuvchi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini muhokama
qilishdi. Taʼkidlanishicha, 2019 yilning oktyabrda daraxtlarni kesishga moratoriy eʼlon qilingan. 2021 yilda moratoriyning amal qilish muddatsiz
davrga uzaytirilgan.Ammo shunga qaramay, oʻsimlik dunyosiga boʻlgan tajovuzkor harakatlar davom etmoqda. Bu esa jamoatchilikning haqli eʼtiroziga sabab boʻlmoqda. Xususan, 2019 yilda 3 733, 2020 yilda 7 812, 2021 yilda esa 8 243 tup daraxtlar noqonuniy kesilgan.
Hujjat bilan daraxt va butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazganlik uchun jarima miqdorlarini oshirish belgilanmoqda.
Jumladan, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (amalda 5 baravardan 10 baravargacha) mansabdorlar uchun 20 baravarigacha miqdorda (amalda 10 baravardan 15 baravargacha) jarima solish belgilanmoqda.
Shuningdek, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan huquqbuzarlik uchun 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish (amalda 3 milliondan 9 million soʻmgacha jarima) choralarini belgilash koʻzda tutilmoqda.
Qizgʻin muhokamalardan soʻng qonun loyihasi qoʻllab-quvvatlangan.