Hindiston Rossiya nefti importini ikki baravarga oshirmoqchi – OAV

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishNeftanaya platforma "Prirazlomnaya"
Neftanaya platforma Prirazlomnaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna bo‘lish
Hindiston neftni qayta ishlash zavodlari va Rossiya kompaniyasi allaqachon olti oylik yangi shartnomalar ustida ishlamoqda.
TOShKENT, 7-iyun - Sputnik. Hindiston “Rosneft” taklif qilgan chegirmalardan foydalanib, nefti importini ikki baravarga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

“Boshqa davlatlar Moskva bilan hamkorlik qilishdan bosh tortayotgan bir vaqtda, Hindiston Rossiya nefti importini ikki baravar oshirish niyatida. Davlatga qarashli neftni qayta ishlash korxonalari “Rosneft”dan yaxshiroq ta’minot olishga intilmoqda”, deb yozadi agentlik.

Qayd etilishicha, Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari va Rossiya kompaniyasi allaqachon olti oylik yangi shartnomalar ustida ishlamoqda.
“Bloomberg”ning ta’kidlashicha, neft hajmi va narxlari haqidagi tafsilotlar hali ham muhokama qilinmoqda va Hindiston banklari barcha yetkazib berishlarni to‘liq moliyalashtirish niyatida.
Davlat neftni qayta ishlash korxonalariga “Indian Oil Corp”, “Hindustan Petroleum” va “Bharat Petroleum” kiradi, xususiy neftni qayta ishlash korxonalariga esa qisman “Rosneft”ga tegishli bo‘lgan “Reliance Industries” va “Nayara Energy” kiradi.
“Bloomberg” hisob-kitoblariga ko‘ra, Hindiston fevral oyi oxiri va may oyi boshida 40 million barreldan ortiq Rossiya neftini sotib olgan, bu 2021-yildagidan taxminan 20 foizga ko‘p.

“Osiyoning ikkinchi yirik neft iste’molchisi bo‘lgan Hindistonda neftni qayta ishlash korxonalari arzon rus xomashosini yoqilg‘iga aylantirish orqali daromadni oshirishga muvaffaq bo‘ladi, ular yoqilg‘isini Yevropa va AQShga eksport qiladi”, deya tushuntiradi nashr.

Manbalarga ko‘ra, Hindiston kompaniyalari tomonidan Rossiya xomashosini sotib olishi hech qanday qonun yoki sanksiyalarni buzmasligiga qaramay, AQSh va Yevropa Ittifoqi Dehliga qattiq bosim o‘tkazmoqda hamda mamlakatni Rossiyadan neft import qilishdan bosh tortishga undamoqda.
Eslatib o‘tamiz, YeI 3-iyun kuni Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi to‘plamini tasdiqladi. To‘plam Rossiya nefti va neft mahsulotlari importiga qisman taqiq qo‘yishni o‘z ichiga oladi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevropa Ittifoqining Rossiya neftiga qisman taqiq joriy etishi butun dunyo energetika bozoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0