Jamiyat

Koʻchma savdo faoliyati uchun talablar soddalashtiriladi

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Amir Temur xiyoboni ili "Tashkentskiy brodvey"
Tashkent. Amir Temur xiyoboni ili Tashkentskiy brodvey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Endilikda tadbirkorlarga mobil konteynerlar oʻrnatish huquqi beriladi.
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari, mahalla, obodonlashtirish va yoʻl tashkilotlariga oʻz yer maydonlarida mavsumiy kafe va savdo nuqtalarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Bu haqda prezident raisligida xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yil yakuniga qadar rejalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Prezident koʻchma va yengil konstruktsiyali savdo faoliyati uchun talablarni soddalashtirish vazifasini qoʻydi.
Endilikda koʻchma savdo obʼyektlarini ish kuni yakunlangach, koʻchirish boʻyicha majburiy talab bekor qilinib, tadbirkorlarga mobil konteynerlar oʻrnatish huquqi beriladi.
Taʼkidlanishicha, 2017 yilda bozorlarni rekonstruktsiya qilish va zamonaviy savdo komplekslarini qurish dasturi qabul qilingan edi.
Lekin Zangiota, Qibray, Ohangaron, Baxmal, Gʻallaorol, Doʻstlik, Chortoq, Xatirchi va Nurotada bozorlardagi ahvol, ularning sanitariyasi va arxitekturasidan odamlar norozi ekani qayd etildi.
Yigʻilishda bozorlarni rivojlantirish dasturi, shuningdek, madaniyat va istirohat bogʻlarida servisni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0