https://sputniknews-uz.com/20220607/norov-xitoy-tashqi-ishlar-vaziri-bilan-uchrashdi-25108169.html
Norov Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Norov Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Vazirlar Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni jadallashtirish muhimligini taʼkidlashdi. 07.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-07T19:51+0500
2022-06-07T19:51+0500
2022-06-07T19:51+0500
siyosat
vladimir norov
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/07/25107849_0:437:960:977_1920x0_80_0_0_ed9044a959623a22cc9178b4a1844398.jpg
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Nur-Sulton shahrida Xitoy Davlat kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Taʼkidlanishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.Vazirlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalda tatbiq etishning borishi, ikki davlat rahbarlari tomonidan hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qildilar.Tomonlar Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi konstruktiv muloqotni chuqurlashtirish, Tashkilotning joriy yil sentyabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Sammitiga tayyorgarlikning borishi, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.Vazirlar mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, Afgʻonistonda barqaror tinchlikka erishish va ushbu mamlakat iqtisodiyotini tiklash boʻyicha oʻzaro hamkorlik mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratdilar.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/07/25107849_0:210:960:930_1920x0_80_0_0_c2a5daeeb36b7dd24f8e3b36bd18b76d.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
vladimir norov
Norov Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Vazirlar Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni jadallashtirish muhimligini taʼkidlashdi.
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Nur-Sulton shahrida Xitoy Davlat kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati
xabar bermoqda. Taʼkidlanishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Vazirlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalda tatbiq etishning borishi, ikki davlat rahbarlari tomonidan hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qildilar.
“Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishi loyihasini amaliy jihatdan roʻyobga chiqarish, jumladan, uning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi”, - deyilgan xabarda.
Tomonlar Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi konstruktiv muloqotni chuqurlashtirish, Tashkilotning joriy yil sentyabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Sammitiga tayyorgarlikning borishi, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Vazirlar mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, Afgʻonistonda barqaror tinchlikka erishish va ushbu mamlakat iqtisodiyotini tiklash boʻyicha oʻzaro hamkorlik mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratdilar.