Oliy sport mahorati instituti tashkil etildi

© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiEkologicheskiy velomarafon Mo‘ynoqqa madad
Ekologicheskiy velomarafon Mo‘ynoqqa madad  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna bo‘lish
Institut davlat OTM shaklida bo‘lib, unda professional ta’lim tizimini tamomlagan bitiruvchilar 3-yil davomida o‘qishi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustalarini tayyorlaydigan Oliy sport mahorati instituti tashkil etildi. Bu bo‘yicha prezident 6-iyun kuni qaror qabul qildi.
Ushbu institut Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha yuqori malakali hamda zamonaviy bilim va texnologiyalarni o‘zlashtirgan trener, hakam, seleksioner va boshqa mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil etildi.
Institut davlat OTM shaklida bo‘lib, unda professional ta’lim tizimini tamomlagan bitiruvchilar 3-yil davomida o‘qishi mumkin bo‘ladi.
Institutga olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zosi bo‘lgan yoshlar sport natijalariga qarab hamda seleksiya bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Institutning asosiy vazifalari:
-Jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali kadrlar, jumladan, Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi hamda O‘zbekiston sport ustasi, shuningdek, O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod sportchilarni tayyorlash;
-Yangi ta’lim dasturlari hamda o‘quv mashg‘ulotlarining innovatsion shakllariniishlab chiqish va joriy etish;
-Talabalarning kasbiy moyilligi, mahorati va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish;
-Talabalarning respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash, bu borada sport zaxirasi va milliy terma jamoalar tarkibini shakllantirishda ishtirok etish;
-Ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish;
-Istiqbolli bitiruvchi sportchilarni chet el sport va ilmiy-tadqiqot muassasalariga o‘qishga yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish.
Institutda o‘qish 2023/2024 o‘quv yilidan boshlanadi.
Institut bitiruvchilariga tanlangan sport turi bo‘yicha “trener”, “hakam”, “seleksioner” va boshqa mutaxassisliklar beriladi.
Bitiruvchilar O‘zbekiston oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplomga ega bo‘ladilar.
Institut Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 17a-uy manzilida joylashadi.
Yangiliklar lentasi
0