Jamiyat

Oʻttiz yil oʻtib tiklanayotgan Toshkent-Dushanbe poyezd qatnovi haqida maʼlumot berildi

© Ministerstvo transporta v RTPoyezd v Tadjikistane, arxivnoye foto
Poyezd v Tadjikistane, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Poyezd Sariosiyo, Qarshi, Samarqand va Jizzax orqali harakatlanadi. Yoʻlovchilar 21 soat ichida oʻz manzillariga yetib olishlari mumkin.
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. 20 iyun kunidan boshlab 1990 yillar boshida toʻxtatilgan Dushanbe – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha yoʻlovchi poyezdining harakati qayta tiklanadi.
“Dunyo” AAning “Xovar” nashri maʼlumotlariga tayanib xabar berishicha, Toshkent va Dushanbe oʻrtasidagi yoʻlovchi poyezdi haftasiga bir marta qatnaydi. Poyezd Sariosiyo, Qumqoʻrgʻon, Darband, Dehqonobod, Qarshi, Samarqand, Jizzax, Guliston orqali harakatlanadi.
Dushanbedan Toshkentgacha boʻlgan masofa 916 kilometrni tashkil qiladi. Yoʻlovchilar 21 soat ichida oʻz manzillariga yetib olishlari mumkin. Tarkibni Tojikiston temir yoʻlchilari nazorat qilib boradi.
Poyezd 10 ta vagondan iborat boʻlishi kutilmoqda: 1 ta yotoq vagoni, 4 ta kupe, vagon-restoran va 4 ta platskart vagon.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent-Dushanbe yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilishi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga tashrifi davomida maʼlum qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0