https://sputniknews-uz.com/20220607/ozbekiston-va-qatar-ortasidagi-havo-qatnovi-togrisidagi-bitim-tasdiqlandi-25104792.html
Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi
Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi
Bitim aviaqatnovni tashkil etish, aviakompaniyalarga bojxona yigʻimlari va soliq toʻlovlaridan ozod etuvchi imtiyozlarni berishi koʻzda tutadi. 07.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-07T18:29+0500
2022-06-07T18:29+0500
2022-06-07T18:29+0500
siyosat
oʻzbekiston
qatar
bitim
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1066/44/10664460_0:0:1200:676_1920x0_80_0_0_e2a40c4163f598818324558e7b757e3b.jpg
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻz qarori bilan Oʻzbekiston va Qatar hukumatlari oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim tasdiqladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar bermoqda. Bitim 2021 yil 9 iyunda Toshkent shahrida sobiq TIV rahbari Abdulaziz Kamilov va Qatar bosh vaziri oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon bin Josim Ol Soniy oʻrtasida imzolangan edi.Bitim havo qatnovini tashkil etish, aviakorxonalarni tayinlash, ularga parvozlarni amalga oshirish huquqini berish, belgilanadigan manzillarni aniqlash, sertifikat va litsenziyalarni tan olish, ikki davlatda tayinlangan aviakorxonalarning vakolatxonalari faoliyatini tartibga solish kabi masalalarni nazarda tutadi.Shuningdek, unda Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida aviatashkilotlarga doimiy qatnovlarni amalga oshirishni taʼminlovchi va bojxona yigʻimlari, soliq va boshqa toʻlovlardan ozod etuvchi imtiyozlar oʻzaro asosda taqdim etilishi oʻrin olgan.Transport vazirligi bitimni amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.
oʻzbekiston
qatar
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1066/44/10664460_69:0:1136:800_1920x0_80_0_0_a9e2d1b36ddac8a76193c3931d9f4844.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston, qatar, bitim
Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi
Bitim aviaqatnovni tashkil etish, aviakompaniyalarga bojxona yigʻimlari va soliq toʻlovlaridan ozod etuvchi imtiyozlarni berishi koʻzda tutadi.
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻz qarori bilan Oʻzbekiston va Qatar hukumatlari oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim tasdiqladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali
xabar bermoqda. Bitim 2021 yil 9 iyunda Toshkent shahrida sobiq TIV rahbari Abdulaziz Kamilov va Qatar bosh vaziri oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon bin Josim Ol Soniy oʻrtasida
imzolangan edi.Bitim havo qatnovini tashkil etish, aviakorxonalarni tayinlash, ularga parvozlarni amalga oshirish huquqini berish, belgilanadigan manzillarni aniqlash, sertifikat va litsenziyalarni tan olish, ikki davlatda tayinlangan aviakorxonalarning vakolatxonalari faoliyatini tartibga solish kabi masalalarni nazarda tutadi.
Shuningdek, unda Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida aviatashkilotlarga doimiy qatnovlarni amalga oshirishni taʼminlovchi va bojxona yigʻimlari, soliq va boshqa toʻlovlardan ozod etuvchi imtiyozlar oʻzaro asosda taqdim etilishi oʻrin olgan.
Transport vazirligi bitimni amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.