Paralimpiyachilar matonat maktabi tashkil etildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil paralimpiysev
Shavkat Mirziyoyev pozdravil paralimpiysev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan bekatlaridan biriga “Paralimpiya harakati” nomi beriladi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Milliy paralimpiya qo‘mitasi huzurida Paralimpiyachilar matonat maktabi tashkil etildi. Bu bo‘yicha prezident 6-iyun kuni qaror imzoladi.
Ushbu maktab mamlakat dovrug‘ini dunyoga tanitishda yoshlarning qo‘lga kiritgan yutuqlari, ularning ibratli hayot tarzini targ‘ib qilish orqali mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish hamda yoshlarni parasport turlariga keng jalb qilish maqsadida tashkil etildi.
Qarorga ko‘ra:
Toshkentdagi A.Qodiriy ko‘chasida joylashgan piyodalar yurish va dam olish maskanida Paralimpiyachilar bog‘i tashkil etiladi.
Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan bekatlaridan biriga “Paralimpiya harakati” nomi beriladi.
2023 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba Toshkentda “Paralimpiyachilar matonati” xalqaro forumi o‘tkaziladi.
Shuningek, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jalb qilgan holda, “Temurbek vorislari” harbiy-sport o‘yinlarini bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
1 iyuldan boshlab tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari hisobida turgan 10-35 yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda fuqarolarning murojaatiga ko‘ra nogironlik guruhi belgilangan sportchilar haqidagi ma’lumotlar har chorakda Milliy paralimpiya qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Undan tashqari, imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktablar, maktab-internatlari, “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun sport jihozlari va formalarini xarid qilish maqsadida yil yakuniga qadar 2 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
“Muruvvat” internat uylari uchun sport jihozlari va formalarini xarid qilish uchun 1 milliardso‘m yo‘naltiriladi.
Yangiliklar lentasi
0