Qozog‘iston chegarani kesib o‘tishda koronavirusga topshirilgan PZR testini bekor qiladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMediko-sanitarnaya chast aeroporta Domodedovo
Mediko-sanitarnaya chast aeroporta Domodedovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna bo‘lish
Endi Qozog‘istonga borayotgan xorijliklar chegarada koronavirusga topshirilgan PZR testi yoki emlanganlik sertifikatlarini ko‘rsatishlari shart emas.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Qozog‘iston hukumati COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan o‘rnatilgan ayrim cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qildi.
8 iyundan boshlab Qozog‘iston davlat chegarasini kesib o‘tishda koronavirusga topshirilgan PZR testi yoki emlanganlik sertifikatlarini ko‘rsatish talabi bekor qilanadi. Bu ham Qozog‘iston fuqarolari, ham chet elliklarga taalluqli.
Bundan tashqari, mamlakat chegarasidagi 12 ta avtomobil o‘tkazish punklari ishiga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi.
Ta’kidlanishicha, bu qarorlar Qozog‘iston va dunyoda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sabab qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 1-iyundan boshlab Turkiya kovidga topshirilgan PZR testi natijalarini taqdim etish talabini bekor qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0