Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosi qurilishini borib ko‘rdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektami po razvitiyu obshestvennogo transporta
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektami po razvitiyu obshestvennogo transporta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna bo‘lish
Yerusti metrosining Qo‘yliqdan Sergeli yo‘nalishining 5-bekatigacha boruvchi qariyb 12 kilometrlik qismida 7 ta bekat bo‘ladi.
Prezident jamoat transporti loyihalari bilan tanishdi
TOShKENT, 7-iyun - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni Toshkent yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichi qurilishini borib ko‘rdi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent yerusti halqa metrosining “Do‘stlik-2” bekatidan “Qo‘yliq” bekatigacha bo‘lgan birinchi bosqichi 2020-yilda qurilgan edi. Bugun Qo‘yliqdan Sergeli yo‘nalishining 5-bekatiga eltuvchi ikkinchi bosqichi barpo etilmoqda. Ayni damda ushbu transport tarmog‘i qurilishida 200dan ziyod tayanch ustunlar o‘rnatilib, estakadalar qurilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev qurilish ishlarini ko‘zdan kechirib o‘z tavsiyalarini berdi.
– Yerusti metrosi qurish tajribamizda yo‘q edi. Biz yangi tarix yaratayapmiz. Shuning uchun yo‘lning mustahkamligini yana bir marta jiddiy ko‘rib chiqish kerak. Ikkinchidan, metroda, bekatlarda odamlar uchun zamonaviy, elektron xizmatlarni ko‘paytirish zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yerusti metrosining qariyb 12 kilometrlik bu qismida 7 ta bekat bo‘ladi. Ular orasidagi qatnov vaqti 13 daqiqani tashkil etadi. Mazkur yo‘nalish bir kunda 40 mingga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu ishlar natijasida shaxsiy transportlarga ehtiyoj kamayib, Qo‘yliq – Sergeli yo‘nalishida kunlik yurayotgan transport oqimi 12 foiz kamayishi kutilmoqda.
Umuman, ushbu bosqich qurib bitkazilishi bilan Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ziyod, bekatlar soni 50 ta bo‘ladi. Metroda yuruvchi kunlik yo‘lovchilar soni 600 minggacha yetadi. 245 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Toshkentda transport loyihalari

Prezident tashrifi chog‘ida Toshkentda jamoat transportini rivojlantirish loyihalari ham taqdim etildi.
Xususan, hozircha transport bilan qarmab olinmagan mahallalarda 12ta yangi avtobus yo‘nalishlari ochib metro bekatlari bilan bog‘lash;
Viloyatidan poytaxtga kirib keluvchi 9 ta katta yo‘lda tezkor avtobus qatnovlari tashkil etish;
Metro poyezdlari vagonlari sonini 5 taga yetkazish va qatnov oralig‘ini qisqartirish kabi choralar ko‘zda tutilgan.
Bularning natijasida shaharga kirib keluvchi yengil avtomobillar soni 97 mingtagacha, magistral ko‘chalarda tirbandlik 10 foizgacha kamayishi mumkin, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0