Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Shoygu asirga tushgan ukrainalik harbiylar sonini ochiqladi

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishMinistr oboronы RF Sergey Shoygu
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiyaning maxsus operatsiyasi davomida taslim boʻlgan ukrainalik harbiylar soni 6,4 mingdan oshgan.
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Asirga tushgan ukrainalik harbiy xizmatchilarning umumiy soni 6,4 mingdan oshdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu maʼlum qildi.
“Besh kun ichida 126 nafar Ukraina Qurolli kuchlari harbiylari taslim boʻldi. Ularning umumiy soni 6489 kishini tashkil etmoqda”, - dedi Shoygu selektor yigʻilishida.
Eslatib oʻtamiz, may oxirida "Azovstalda" qurshovga olingan 2,5 mingga yaqin Ukraina jangarilari va harbiylari taslim boʻlgan edi.
Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0