Xato bo‘ldi: G‘arb Rossiyaga uzoq vaqt qarshilik ko‘rsatishga tayyor emas ekan

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii i Yevrosoyuza
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna bo‘lish
G‘arb hamjamiyatiga 30-yillarning boshidagi Buyuk Depressiya baxtli yakun topgan o‘tgan asr ertagidek tuyulgan bo‘lsa, bugungi inqiroz – o‘ta keskin boshlanmoqda.
TOShKENT, 7-iyun - Sputnik. “Jangovar harakatlar tugaganidan so‘ng birgalikda diplomatik kanallar orqali inqirozdan chiqish yo‘lini topishga imkon qoldirish uchun, Rossiyani kamsitmaslik kerak. Fransiya muzokaralarda vositachi bo‘la olishiga ishonchim komil”, - dedi yaqinda intervyulardan birida Emmanuel Makron.
Eslatib o‘tamiz. Makron yaqinda prezident lavozimiga qayta saylandi. Oldinda Fransiya Parlamenti quyi palatasi saylovlari.
Ushbu intervyuga bildirilgan reksiyalardan ma’lum bo‘lishicha, bugungi knuda nafaqat Fransiya, balkim butun Yevropa jamiyati Ukrainadagi harbiy operatsiya qanday kechayotgani yoki ukrianalik qochqinlar taqdiri bilan emas, “bularning barchasi qachon tugashi” bilan ko‘proq qiziqmoqda.
Bularning barchasi, Brusselning biz “Agressor Rossiyani taslim qilish” va “o‘zia dunyoning eng yaxshi xsilatlarini mujassam qilgan “oltin milliard” oldida kechirim so‘rashga majbu qilish” haqida eshitgan ko‘plab gaplar va qabul qilingan sanoqsiz iqtisodiy sanksiyalaridan keyin eshitilmoqda.
Reja shunday edi, lekin hayotda hammasi boshqacha bo‘ldi. Rossiyani boshi egilgan holda ko‘rishni istagan g‘arb jamiyati o‘z orzusiga yeta olmadi.
Rossiyada svet bor, kranlardan issiq suv tushmoqda. Yevropada esa hamma narsadan ekonom qilishga o‘tishgan. Issiq suvni kamroq ishlatish uchun haftada bir marotaba yuvinish, gazni kamroq yoqish uchun kamroq issiq ovqat pishirish, avtomobilga kamroq benzin quyish uchun ta’tilni yaqin atrofda o‘tkazish bilan boshi qotgan.
Bu qandaydir keljakdagi istiqbol emas, hozir, bugun bo‘layotgan narsalar. Bu haqida qandaydir blogerlar emas Xalqaro eneregetika agentligi rahbari Fatix Birol shaxsan xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yozda, ta’tillar mavsumi boshlanishi bilan Yevropada dizel va aviatsiya yonilg‘isi defitsiti yuz berishi mumkin.
Flansiya parlamenti saylovlari arafasida bunday noxush xabar saylovchilar ko‘nglini ranjitishidan xavotirga tushgan rasmiy hukumat Birol aytgan gaplariga raddiya berishga urinmoqda. “Kelajak 3 oyda bizda hech qanday yonilg‘i defitsiti bo‘lmaydi” - deb bayonot berishmoqda ular.
Ehtimol, yozda taqchillik sezilmas, lekin sentabr, oktabr, noyabr oylarida, sovuq havo kirib kelishi bilan bir vaqtda Rossiya neftiga qarshi kiritilgan embargo to‘laqonli kuchga kirganda nima bo‘lishini hech kim ayta olmaydi.
Ayni paytda Birol haqiqatni cho‘rt kesdi. U ham jismoniy shaxslar, ham kompaniyalar uchun energiya taqchilligi yarim asr oldingi mashhur energetika inqirozidan uzoqroq davom etishini ta’kidladi.
G‘arb davlatlarida 1973-yilda nafaqat yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi navbatlar "GUMda yaxshi etiklar uchun" turgan navbatlardan ko‘ra ko‘proq edi. Bugun "oltin milliard" yashayotgan mamlakatlarning butun iqtisodiy o‘sishi ham, juda sust bo‘lgan edi, o‘nlab yillar davomida.
O‘ttizinchi yillarning boshidagi Buyuk Depressiya baxli yakun topgan o‘tgan asr ertagidek tuyulgan bo‘lsa, bugungi kun inqirozi – o‘ta keskin boshlanmoqda. Bodom sutli latte va glyutensiz bulochkaga o‘rganib qolgan progressiv jamoatchilik uchun, bu haqiqiy do‘zaxga aylanishi mumkin. Kelayotgan kuzda glyutensiz unning narxi potolokka qadar oshib, bir qoshiq qora ikra narxiga tenglashishi mumkin.
So‘nggi bir necha yuz yil davomida, mustamlaka davlatlarning tabiiy resurslaridan suv tekin, ishchilarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilib, nihoyatda farovon va to‘q yashagan kollektiv G‘arb Biror narsadan mahrum bo‘lish mahrumlik nimaligini, ochlik azobini unutgan inqirozlarning rivojlanish istiqbollarini, tanqidiy fikrlash va vaziyatni sog‘lom baholash qobiliyatini yo‘qotdi.

Har qanday inqirozlar, nafaqat geosiyosiy.

Pandemiya davrida AQSh va Yevropada ham orolda nima sodir bo‘lganini, qancha o‘limga olib kelganini hamma yaxshi eslaydi. Kovid – bir narsani yaqqol ko‘rsatdi – kim va qayerda hushor ekanini, har bir davlatning inqirozlar boshqaruvi va prognozi bilan shug‘ullanayotganlarning naqadar professional ekanini yaqqol ko‘rsatdi.
Ushbu davlatlar aqli zaiflik bilan chegaradosh beparvolikni namoyish qildi. G‘arbning siyosiy tuzumi, toki ularning jamiyati taraqqiyot tarafdori ekan, ular bilan hech qanday yomon narsa bo‘lmaydi, deb ishondi.
Terrorchilar hujumi? Hech qachon. Infeksiyadan ommaviy o‘lat? Siz aqldan ozgansiz. Lekin bu uyqudan uyg‘onish o‘ta keskin bo‘ldi va minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi.
O‘shanda bu siyosatchilarning g‘ururi biroz lat yegandek bo‘lgan edi, lekin hozir buning aksini ko‘rayapmiz.
Hozir Yevropada sodir bo‘layotgan yangi inqiroz, qaror qabul qilayotganlarning o‘ta o‘zboshimchaligini namoyish qilmoqda. “Ikkinchi darajali, kambag‘al, boshi egilgan Rossiyani” ko‘rishni orzu qilganlar – hozir o‘z uyqularidan keskin uyg‘onmoqdalar.
Birinchi va ikkinchi paket sanksiyalarni kiritganlar, Rossiya va Belarus jahon bozoridagi o‘g‘itlarning deyarli yarmini yetkazib berishini yaxshi tushunishar edi. Yo bo‘lmasa yevropalik vino ishlab chiqaruvchilar Rossiyadan alyumin qopqoqchalar sotib olishini ham tushunishgan. Bular yaqinda Yevropa ustiga yopiriladigan sunamining bo‘lakchalari xolos.
Lekin ularning eng katta xatosi – mafkuraviy maydonda sodir bo‘ldi. Qaysi bir “o‘ta aqlli ekspert” ularning qulog‘iga Rossiya jamiyati o‘ta tarqoq deb quygani bo‘ldi. Aslida jamiyat yakdil bo‘lib chiqdi. Rossiyaliklar kim haq va kim nohaqligini o‘ta tez tushunib olishdi va kerakli tomonga o‘tishdi.
Rossiyaning sabr-toqatiga kelsak, ruslarning nafaqat jangga kirishish, balki unda g‘alaba qozonish, sha’ni va qadr-qimmatini saqlab qolgan holda g‘alaba qozonishi - umuman hisobga olinmadi. Ammo oxir-oqibat, bu omil hal qiluvchi bo‘lib chiqdi. Yoki hal qiluvchilardan biri.
Geosiyosiy inqiroz Yevropa va Qo‘shma Shtatlarga nima olib kelganini ko‘rgan, Rossiyaga qarshi o‘zining sanksiyalar urushidan charchagan va o‘z taqdirini tushuna boshlagan kollektiv G‘arb o‘zining avvalgi takabburligini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Ammo u (asta-sekin bo‘lsa ham) o‘z ritorikasini o‘zgartirmoqda. "Harbiy harakatlarni tugatish" haqida gapirganda, Makron hozirgi keskinlashuvdan g‘alaba bilan va deyarli zarar ko‘rmasdan chiqadigan mamlakatni nomini aytmoqda, past tovushda bo‘lsa ham.
Bu yerda ajablantiradigan narsa yo‘q - bu Rossiya.
Yangiliklar lentasi
0