https://oz.sputniknews-uz.com/20220608/bu-yil-prezident-maktablariga-qancha-oquvchi-qabul-qilinishi-malum-boldi-25126697.html
Bu yil prezident maktablariga qancha oʻquvchi qabul qilinishi maʼlum boʻldi
Bu yil prezident maktablariga qancha oʻquvchi qabul qilinishi maʼlum boʻldi
Prezident taʼlim muassasalariga 2022-2023 oʻquv yili uchun 75 mingga yaqin kvota ajratildi. 08.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-08T15:45+0500
2022-06-08T15:45+0500
2022-06-08T15:45+0500
jamiyat
maktab
prezident
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/05/0b/18674184_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_755c7cabaf4abe95c2bc5daaa476d7ed.jpg
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Prezident taʼlim muassasalariga 2022-2023 oʻquv yili uchun 75 mingga yaqin kvota ajratildi. Bu haqda Prezident taʼlim muassasalari agentligi Qabul komissiyasi raisi Alisher Ubbiyev OʻzAga bergan intervyusida maʼlum qildi.Uning taʼkidlashicha, joriy yildan boshlab 14 ta prezident maktabiga oʻgʻil-qizlar faqat 5-sinfdan boshlab olinadi. Hozirgacha mazkur maktablarga 4 mingga yaqin, Ixtisoslashtirilgan maktablarga 10 mingdan ziyod hujjat qabul qilingan.Alisher Ubbiyevning soʻzlariga koʻra, hozir mamlakatda faoliyat yuritayotgan 9 ta ijod maktabiga faqat 7-sinfga hujjat qabul qilinadi. Yangi ochilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarda esa bu yil istisno tariqasida 5-11-sinflar ham qabul qilinadi.“Hududiy mansubligi yoʻq maktablar ham mavjud. Masalan, Ijod maktablari va Toshkent shahrida joylashgan uchta tayanch maktabi – Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga hududiy mansubligidan qatʼi nazar hujjat topshirish mumkin. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabga 5-sinfdan, qolgan ikki ixtisoslashtirilgan maktabga esa 7-sinfdan oʻquvchi qabul qilinadi”, deya qoʻshimcha qildi u.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/05/0b/18674184_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_69b8999f3beedb53684ae26fdfe23615.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
maktab, prezident
Bu yil prezident maktablariga qancha oʻquvchi qabul qilinishi maʼlum boʻldi
Prezident taʼlim muassasalariga 2022-2023 oʻquv yili uchun 75 mingga yaqin kvota ajratildi.
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Prezident taʼlim muassasalariga 2022-2023 oʻquv yili uchun 75 mingga yaqin kvota ajratildi. Bu haqda Prezident taʼlim muassasalari agentligi Qabul komissiyasi raisi Alisher Ubbiyev
OʻzAga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Prezident taʼlim muassasalariga 5-11-sinf oʻquvchilariga 2022-2023 oʻquv yili uchun jami 75 mingga yaqin kvota ajratilgan. Xususan, prezident maktablarining har biriga 24 oʻquvchi, jami 336 nafar oʻgʻil-qiz qabul qilinadi. Tayanch maktablariga ham alohida kvota belgilangan. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktab 120 oʻquvchi qabul qiladi. Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga esa 40 tadan kvota berildi”, deydi Alisher Ubbiyev.
Uning taʼkidlashicha, joriy yildan boshlab 14 ta prezident maktabiga oʻgʻil-qizlar faqat 5-sinfdan boshlab olinadi. Hozirgacha mazkur maktablarga 4 mingga yaqin, Ixtisoslashtirilgan maktablarga 10 mingdan ziyod hujjat qabul qilingan.
“Bundan buyon har yili 5-sinfga hujjat qabul qilinadi. Imtihonlar ikki bosqichda oʻtadi. Har bir maktab uchun birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan 480 nafar yuqori ball toʻplagan oʻquvchi saralab olinadi va ikkinchi bosqichga oʻtkaziladi. Ikkinchi bosqichdan keyin 24 oʻquvchi tanlab olinadi”, deydi qabul komissiyasi raisi.
Alisher Ubbiyevning soʻzlariga koʻra, hozir mamlakatda faoliyat yuritayotgan 9 ta ijod maktabiga faqat 7-sinfga hujjat qabul qilinadi. Yangi ochilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarda esa bu yil istisno tariqasida 5-11-sinflar ham qabul qilinadi.
“Hududiy mansubligi yoʻq maktablar ham mavjud. Masalan, Ijod maktablari va Toshkent shahrida joylashgan uchta tayanch maktabi – Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga hududiy mansubligidan qatʼi nazar hujjat topshirish mumkin. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabga 5-sinfdan, qolgan ikki ixtisoslashtirilgan maktabga esa 7-sinfdan oʻquvchi qabul qilinadi”, deya qoʻshimcha qildi u.