https://sputniknews-uz.com/20220608/hokimliklarning-erni-ijaraga-berish-boyicha-vakolatlaridan-biri-bekor-qilindi-25116817.html
Hokimliklarning yerni ijaraga berish boʻyicha vakolatlaridan biri bekor qilindi
Hokimliklarning yerni ijaraga berish boʻyicha vakolatlaridan biri bekor qilindi
Hokimliklarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish boʻyicha ochiq elektron tanlov yakunlarini tasdiqlash vakolati bekor qilindi. 08.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-08T11:59+0500
2022-06-08T11:59+0500
2022-06-08T11:59+0500
yer ajratish
hokimlik
qonun
jamiyat
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/19/16072386_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_d23ccbd4b64949c03a0cfa1fe9502f09.jpg
TOSHKENT, 8 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti imzolagan qonun bilan amaldagi 20 dan ziyod qonun, jumladan 4 ta kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.Xususan, Yer kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, hokimliklarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish boʻyicha ochiq elektron tanlov yakunlarini tasdiqlash vakolati chiqarib tashlandi.Endi yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatiga olingani toʻgʻrisida Koʻchmas mulk obʼyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma beriladi (ilgari guvohnoma).Shuningdek, yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish haqida sudga daʼvo arizasi kiritishi belgilandi.Boʻsh turgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari fermer xoʻjaligini yuritish uchun ochiq elektron tanlov orqali beriladi (ilgari ochiq tanlov asosida).Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi fuqarolarga yakka tartibdagi bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun yer uchastkalarini ajratishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/19/16072386_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_91ab6a981dcded997cf3549557e30874.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yer ajratish, hokimlik, qonun
Hokimliklarning yerni ijaraga berish boʻyicha vakolatlaridan biri bekor qilindi
Hokimliklarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish boʻyicha ochiq elektron tanlov yakunlarini tasdiqlash vakolati bekor qilindi.
TOSHKENT, 8 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti imzolagan qonun bilan amaldagi 20 dan ziyod qonun, jumladan 4 ta kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar
kiritildi. Xususan, Yer kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, hokimliklarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish boʻyicha ochiq elektron tanlov yakunlarini tasdiqlash vakolati chiqarib tashlandi.
Endi yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatiga olingani toʻgʻrisida Koʻchmas mulk obʼyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma beriladi (ilgari guvohnoma).
Shuningdek, yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish haqida sudga daʼvo arizasi kiritishi belgilandi.
Boʻsh turgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari fermer xoʻjaligini yuritish uchun ochiq elektron tanlov orqali beriladi (ilgari ochiq tanlov asosida).
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi fuqarolarga yakka tartibdagi bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun yer uchastkalarini ajratishga nisbatan ham tatbiq etiladi.