https://sputniknews-uz.com/20220608/kemerovoda-usmon-nosir-xotirasiga-hurmat-bajo-keltirildi-25116517.html
Kemerovoda Usmon Nosir xotirasiga hurmat bajo keltirildi
Kemerovoda Usmon Nosir xotirasiga hurmat bajo keltirildi
Usmon Nosirning betakror isteʼdodi, matonati, vatanparvarligi tufayli oʻzbek adabiyotida oʻchmas iz qoldirdi. Qatagʻonga uchragan shoirning hayot yoʻli, merosi bugungi... 08.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-08T11:12+0500
2022-06-08T11:12+0500
2022-06-08T11:12+0500
madaniyat
xotira
usmon nosir
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/10/22772911_0:97:1100:716_1920x0_80_0_0_8fe3b99a86161b3bd3d765bec50e6816.jpg
TOSHKENT, 8 iyun - Sputnik. Kemerovoda otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbir Oʻzbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulligi tomonidan tashkil qilindi. OʻzA xabariga asosan. Tadbir ishtirokchilariga shoir hayoti va ijodini aks ettiruvchi koʻrgazma va videofilmlar, taniqli rejissyor Murod Aʼzamov sahnalashtirgan “Usmon Nosir” spektaklidan parchalar namoyish etildi. Oʻzbekistonlik talabalar shoirning “Oq sheʼr” “Mening bogʻim”, "Yurak" sheʼrlarini oʻqib berdi.Tadbirda "Vatandoshlar" jamoat fondi rahbari Odiljon Sattorov shoirning noyob isteʼdodi, matonati, vatanparvarligi haqida gapirdi."Vatandoshlar" jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan anjumanda viloyatda istiqomat qilayotgan oʻzbek diasporasi vakillari bilan birga sanʼatkorlar, adabiyot ixlosmandlari, faol hamyurtlarimiz, talaba yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/10/22772911_0:0:1100:825_1920x0_80_0_0_b77426924cefb295745e6a4cad2ffa53.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
xotira, usmon nosir
Kemerovoda Usmon Nosir xotirasiga hurmat bajo keltirildi
Usmon Nosirning betakror isteʼdodi, matonati, vatanparvarligi tufayli oʻzbek adabiyotida oʻchmas iz qoldirdi. Qatagʻonga uchragan shoirning hayot yoʻli, merosi bugungi kunda keng oʻrganilmoqda.
TOSHKENT, 8 iyun - Sputnik. Kemerovoda otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbir Oʻzbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulligi tomonidan tashkil qilindi. OʻzA xabariga asosan.
Tadbir ishtirokchilariga shoir hayoti va ijodini aks ettiruvchi koʻrgazma va videofilmlar, taniqli rejissyor Murod Aʼzamov sahnalashtirgan “Usmon Nosir” spektaklidan parchalar namoyish etildi. Oʻzbekistonlik talabalar shoirning “Oq sheʼr” “Mening bogʻim”, "Yurak" sheʼrlarini oʻqib berdi.
Tadbirda "Vatandoshlar" jamoat fondi rahbari Odiljon Sattorov shoirning noyob isteʼdodi, matonati, vatanparvarligi haqida gapirdi.
– Usmon Nosir nafaqat Oʻzbekiston, balki butun MDH davlatlarining mashhur shoirlaridan biri, – deydi rejissyor Yevgeniy Alladinskiy. - Uning sheʼrlari hali ham Kemerovo viloyati aholisining qalbida yashaydi. Ushbu tadbir ishtirokchilari, jumladan men ham shoir haqida yangi maʼlumotlarga ega boʻldim. Bugungi tadbir Oʻzbekiston hukumatining oʻz fuqarolariga alohida eʼtibor qaratayotganidan, vatandoshlar bilan aloqalarni uzlashdan, oʻzbek xalqining buyuk ajdodlari xotirasini abadiylashtirishga qaratilayotganidan dalolatdir.
"Vatandoshlar" jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan anjumanda viloyatda istiqomat qilayotgan oʻzbek diasporasi vakillari bilan birga sanʼatkorlar, adabiyot ixlosmandlari, faol hamyurtlarimiz, talaba yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.