Rossiya

Lavrov: Rossiya Ukraina gʻallasini olib chiqish xavfsizligiga kafolat berishga tayyor

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya vazirining soʻzlariga koʻra, buning uchun Ukraina portlarni minalardan tozalashi va oʻz portlaridan kemalar chiqishiga ruxsat berishi kerak.
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Moskva Qora dengiz portlari orqali Ukraina gʻallasini olib chiqish xavfsizligi kafolatini rasmiylashtirishga tayyor. Bu haqda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov maʼlum qildi.

“Biz shunga oʻxshash yoʻnalishlar xavfsizligiga kafolat beramiz va agar Ukraina minalardan tozalasa va oʻz portlaridan kemalar chiqishiga ruxsat bersa, biz bu vaziyatdan oʻtkazilayotgan maxsus harbiy operatsiya manfaati yoʻlida foydalanmaslikka kafolat beramiz”, - dedi Lavrov Turkiyadagi matbuot anjumanida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda.

Lavrov bu “Rossiya prezidenti kafilligi” ekanini qayd etib, ularni “u yoki boshqa usullar bilan rasmiylashtirishga” tayyorligini bildirdi.
Rossiya vaziri agar bu muammolarni hal qilish uchun “Kiyev hukumati yetilsa”, Turkiya bilan hamkorlikda ish olib borilishi mumkinligini inkor qilmadi.
Ukraina harbiylari chekinish oldidan minglab tonna donni yoqib yuborishdi - video
Ukraina gʻallasini olib chiqish mavzusi dunyo oziq-ovqat bozorlaridagi vaziyat yomonlashishi ortidan soʻnggi haftalar davomida faol muhokama qilinmoqda. 3 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadan gʻallani olib chiqishning 5 ta usulini maʼlum qilgan edi. Rossiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, eng oddiy va arzon yoʻli bu Belarus hududi orqali olib chiqish. U yerdan donni dunyoning istalgan burchagiga yetkazib berish mumkin. Putin Gʻarb mamlakatlarining goʻyoki Rossiya gʻallani olib chiqishga imkon bermayotgani haqidagi bayonotlarini quruq safsata deb atagandi.
Yangiliklar lentasi
0