Jamiyat

Oʻzbekiston musulmon sayyohlar uchun eng qulay boʻlgan davlatlar oʻntaligiga kirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMechet Xazrati-Imom
Mechet Xazrati-Imom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ushbu reytingni ishlab chiqishda mamlakatning sayyohlar uchun ochiqlik siyosati, musulmon turistlar uchun yaratilgan imkoniyatlari kabi qirqdan ortiq mezon hisobga olingan.
TOSHKENT, 8 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston CrescentRating tomonidan har yili eʼlon qilinadigan World Muslim Travel Index’da kuchli oʻntalikka kirdi. Bu haqda Cingapurda musulmon turizm bozorini tiklash va rivojlantirishga bagʻishlangan “Halal In Travel – Global Summit 2022” sammitida maʼlum qilindi, deya xabar berdi “Dunyo”.
Ushbu reytingni ishlab chiqishda mamlakatning sayyohlar uchun ochiqlik siyosati, musulmon turistlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, targʻibot va marketing, islom merosini sayyohlarga yetkazish darajasi kabi qirqdan ortiq mezon hisobga olingan.
CrescentRating tashkiloti rahbari Fazal Bahardin bu yilgi koʻrsatkichlarga alohida toʻxtalib, Oʻzbekistonni reytingda eng tez koʻtarilgan va boshqalarga oʻrnak boʻlayotgan davlat sifatida tan oldi.
“Ushbu sammit dunyoning turli burchaklaridan turizm sohasida tajribaga ega 70 dan ortiq soha mutaxassislarini birlashtirdi”, deyiladi xabarda.
1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonda 35 ta restoran (tezkor ovqatlanish tarmoqlari) va 4 ta mehmonxona “Halol” sertifikatiga ega boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0