Madaniyat

Oʻzbekistonda “Usmon Mushafi”ning aynan nusxasi yaratildi

© Foto: Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi Oʻzbekistonda "Usmon mushafi"ning aynan nusxasi yaratildi.
Oʻzbekistonda Usmon mushafining aynan nusxasi yaratildi. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda saqlanayotgan “Usmon Mushafi” (dunyoda “Toshkent Qurʼoni” nomi bilan tanilgan) dunyo tsivilizatsiyasi tarixidagi eng nodir manba sanaladi.
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda taniqli xattot Habibulla Solih “Usmon Mushafi”ning aynan nusxasini yaratdi. Bu haqda Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi xabar berdi.
"Usmon Mushafi"ning nusxasi jami 586 betdan iborat boʻldi. Xattot asl nusxa sahifalarining cheti va baʼzi varaqlar yarmigacha nobud boʻlgan qismlari xuddi oʻzidek tiklashga harakat qilgan. Buning uchun u ikki yil tinimsiz mehnat qilgan.
Xattotning soʻzlariga koʻra, u mahobatli inshoot barpo etilishidan ilhomlangan va imkon darajasida hissa qoʻshish niyatida nusxa koʻchirgan.
“Buzoq terisidan maxsus tayyorlangan sahifalarga, mushaf matnining yoniga barcha uchun oson va tushunarli oʻqilishi maqsadida "nasx" uslubida oʻqilishini ham alohida yozdim”, - deydi Habibulla Solih.
"Usmon Mushafi"ning aynan koʻchirilgan nusxasi Islom tsivilizatsiyasi markaziga taqdim etilgan. Endi u markazning eng qimmatbaho eksponatlaridan biri sifatida saqlanadi.
Misrlik talaba qiz Qurʼonni toʻliq koʻchirib yozdi
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda saqlanayotgan “Usmon Mushafi” (dunyoda “Toshkent Qurʼoni” nomi bilan tanilgan) dunyo tsivilizatsiyasi tarixidagi eng nodir manba sanaladi. U VII asrda (644-648 yy.) kiyik terisiga hijoz xatida yozilgan va muqovalangan.
“Usmon Mushafi” 1997 yil xalqaro YUNESKO tashkilotining dunyo xotirasi roʻyxatiga kiritilgan. Mushaf “Hazrati Imom” majmuasi “Moʻyi Muborak” madrasasi muzeyida saqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0