https://oz.sputniknews-uz.com/20220608/reklama-25139836.html
Reklamada milliy va oilaviy anʼanalarga zid boʻlgan obrazlardan foydalanish taqiqlanadi
Reklamada milliy va oilaviy anʼanalarga zid boʻlgan obrazlardan foydalanish taqiqlanadi
Oʻzbekistonda reklamada axloq va maʼnaviyatning umum qabul qilingan normalariga zid boʻlgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish taqiqlanadi.
2022-06-08T19:10+0500
2022-06-08T19:10+0500
2022-06-08T19:11+0500
jamiyat
reklama
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/08/25140587_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_553134fabf22f88e61368cb53adf598f.jpg
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 07 iyun kuni “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.Qonunga koʻra reklamada, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:Qonunga muvofiq, voyaga yetmaganlarning ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiisteʼmol qilishdan himoya etish maqsadida reklamada, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:- xavfli vaziyatlarda, shu bilan birga ularning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan oʻz sogʻligiga zarar yetkazishga undovchi vaziyatlarda voyaga yetmaganlarni namoyish etishdan foydalanish;- ota-onalar va tarbiyachilarni obroʻsizlantirish, voyaga yetmaganlarning ularga boʻlgan ishonchiga putur yetkazish;- voyaga yetmaganlar olishi yoki isteʼmol qilishi taqiqlangan tovarlarni voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan telekanallarda, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarda reklama qilish.Telekanallar efirida, tele-, video-, kinoxronikali dasturlarda tarqatilayotgan reklamaning umumiy davomiyligi koʻrsatuv vaqtining 1 soati davomida 20 foizdan, biroq bir sutkada koʻrsatuv vaqtining 15 foizidan oshishi mumkin emas. Ushbu talab faqat reklama teledasturlariga ixtisoslashtirilgan telekanallarga nisbatan tatbiq etilmaydi.Ona suti oʻrnini bosuvchi mahsulotlar reklamasi taʼqiqlanadiDavomiyligi 10 daqiqadan kam boʻlgan telekoʻrsatuvlarni reklama bilan uzib qoʻyishga va reklama bilan birga namoyish etishga yoʻl qoʻyilmaydi.Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/08/25140587_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_ffcdcd30e377dd33c38aa8be2ed5e55b.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
reklama
Reklamada milliy va oilaviy anʼanalarga zid boʻlgan obrazlardan foydalanish taqiqlanadi
19:10 08.06.2022 (yangilandi: 19:11 08.06.2022) Oʻzbekistonda prezident qarori bilan reklama jiddiy tartibga solinmoqda.
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 07 iyun kuni “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunni
imzoladi. Qonunga koʻra reklamada, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
maktabgacha taʼlimda hamda tarbiyada, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlimda foydalaniladigan bosma nashrlarda (darsliklarda, maktab kundaliklarida, maktab daftarlarida va boshqalarda) tovarlarni reklama qilish;
narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida koʻrsatish;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini koʻrsatmasdan reklama qilish;
milliy va oilaviy anʼanalarga, shuningdek axloq va maʼnaviyatning umum qabul qilingan normalariga zid boʻlgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish.
Qonunga muvofiq, voyaga yetmaganlarning ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiisteʼmol qilishdan himoya etish maqsadida reklamada, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
- xavfli vaziyatlarda, shu bilan birga ularning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan oʻz sogʻligiga zarar yetkazishga undovchi vaziyatlarda voyaga yetmaganlarni namoyish etishdan foydalanish;
- ota-onalar va tarbiyachilarni obroʻsizlantirish, voyaga yetmaganlarning ularga boʻlgan ishonchiga putur yetkazish;
- voyaga yetmaganlar olishi yoki isteʼmol qilishi taqiqlangan tovarlarni voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan telekanallarda, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarda reklama qilish.
Bundan tashqari, dori vositalarini reklama qilishda taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi koʻrinishi shifokorlarning tashqi koʻrinishiga oʻxshash shaxslarning ishtirok etishi taqiqlanadi.
Telekanallar efirida, tele-, video-, kinoxronikali dasturlarda tarqatilayotgan reklamaning umumiy davomiyligi koʻrsatuv vaqtining 1 soati davomida 20 foizdan, biroq bir sutkada koʻrsatuv vaqtining 15 foizidan oshishi mumkin emas. Ushbu talab faqat reklama teledasturlariga ixtisoslashtirilgan telekanallarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Davomiyligi 10 daqiqadan kam boʻlgan telekoʻrsatuvlarni reklama bilan uzib qoʻyishga va reklama bilan birga namoyish etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.