Rossiya

Rossiyada maymun chechagiga qarshi yangi vaktsina sinovdan oʻtkazilmoqda

© Pexels / Artem PodrezAmpula s vaktsinoy, illyustrativnoye foto
Ampula s vaktsinoy, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri mamlakatda maymun chechagiga qarshi yangi vaktsina sinovdan oʻtkazilayotganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Rossiyada hozir maymun chechagiga qarshi yangi vaktsina va dori vositalari sinovdan oʻtkazilmoqda. Bu haqda Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

“Hozir maymun chechagiga qarshi yangi vaktsina va uni davolash uchun dori vositalari sinovi oʻtkazilmoqda”, - dedi u Murashko Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga aʼzo davlatlar sogʻliqni saqlash vazirlarining yigʻilishidan keyin jurnalistlarga bergan intervyusida.

U bugungi kunda SHHT mamlakatlari sogʻliqni saqlash tizimlari oldidan turgan vazifalardan biri yangi tahdid va chaqiriqlarga, masalan, maymun chechagi virusiga tegishlicha munosabat bildirishning birgalikda yondashuvini ishlab chiqish ekanini qayd etdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda maymun chechagi kasalligi qayd etilmagan. Uning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida “Maymun chechagi uslubiy qoʻllanmasi” loyihasi tayyorlangan.
Yangiliklar lentasi
0