Sanoat zonalari rejaga ko‘ra gaz, suv va elektr energiyasi bilan ta’minlanadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2022
Obuna bo‘lish
Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanadi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Hududlarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan – gaz, suv, elektr energiyasi va kanalizatsiyata’minlash tadbirlarining manzilli dasturi prezidentning 6-iyundagi qarori bilan tasdiqlandi.

Dasturda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sanoat maydonlarini tashkil qilish uchun 2022-yilda maxsus iqtisodiy zonalarni (MIZ) tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi tasdiqlandi.
Mazkur dastur bilan belgilanishicha, bosh reja loyihalarini ishlab chiqish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hamda hududlardagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda bosh rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha loyiha tashkiloti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Obyektlarni moliyalashtirish esa kichik sanoat zonasning (KSZ) bosh rejalari ishlab chiqilgandan so‘ng ta’minotchi tashkilotlar tomonidan berilgan texnik shartlar asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, qaror bilan 2022-yilda MIZ, KSZ, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlari yig‘ma parametrlari tasdiqlangan.
Ular quyidagilardan iborat:
2022 yilda kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi;
2022 yilda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi;
2022 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi.
Bundan tashqari, hujjat bilan 2022-yilda hududlarda 363,29 ga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda 104 ta yangi KSZni tashkil qilish nazarda tutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0