Toshkentdan Nukusga ketayotgan avtobus yonib ketdi

© SputnikObespechenie bezopasnosti narodnix gulyaniy vo vremya prazdnovaniya Dnya nezavisimosti i Kurban-xayita
Obespechenie bezopasnosti narodnix gulyaniy vo vremya prazdnovaniya Dnya nezavisimosti i Kurban-xayita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2022
Obuna bo‘lish
Yong‘in natijasida avtobus to‘liq yonib ketgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Bugun tongda To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tgan avtomagistral yo‘lida harakatlanayotgan avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Aytilishicha, soat 03:14 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “Oq qamish” OFY hududidan o‘tgan A-380 avtomagistral yo‘lining 555 km.da Toshkentdan Nukusga harakatlanib kelayotgan “YUTONG” rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
“2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:40 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 04:15 da bartaraf etilgan”, deyiladi xabarda.
Yong‘in natijasida avtobus to‘liq yonib zararlangan. Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida sodir bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.
Avtobus salonida 55 nafar yo‘lovchi va 2 nafar haydovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Ma’lumot uchun, eng yaqin yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in ro‘y bergan manzilgacha bo‘lgan masofa taxminan 45 kmni tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0