Turkiya qaysi davlatlar NATOga a’zo bo‘la olmasligini tushuntirdi

© AFP 2023 / ROBERT VANDEN BRUGGEDark clouds hang over NATO members' flags outside the alliance's headquarters in Brussels, 12 October. The NATO allies were poised today to vote a critical "activation order" to attack Yugoslavia, as US envoy Richard Holbrooke pressed 11th-hour talks in Belgrade with a recalcitrant President Slobodan Milosevic to avert war in the Balkans.
Dark clouds hang over NATO members' flags outside the alliance's headquarters in Brussels, 12 October. The NATO allies were poised today to vote a critical activation order to attack Yugoslavia, as US envoy Richard Holbrooke pressed 11th-hour talks in Belgrade with a recalcitrant President Slobodan Milosevic to avert war in the Balkans.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2022
Obuna bo‘lish
Turkiya terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurashda aniq pozitsiyani egallashni istamagan mamlakatlarning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi arizalariga ijobiy munosabatda bo‘lolmaydi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Turkiya terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurashda aniq pozitsiyani egallashni istamagan mamlakatlarning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi arizalariga ijobiy munosabatda bo‘lolmaydi, dedi mamlakat prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi rahbari Fahrettin Altun.
Unga ko‘ra, Skandinaviya davlatlarining alyansga qabul qilinishi tashkilot xavfsizligiga tahdid soladi.
“Turkiya terror tashkilotlariga qarshi kurashda aniq pozitsiyani egallashni istamagan davlatlarning NATOga a’zolik arizalarini ijobiy qabul qila olmaydi. Bunday pozitsiya Shimoliy Atlantika ittifoqining kelajagiga ham tahdiddir”, deya ta’kidladi Altun Anqarada bo‘lib o‘tgan anjumanda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi davrdagi geosiyosiy jarayonlar Turkiyaning NATO ittifoqchisi sifatida qanchalik qadrli ekanini ko‘rsatgan.
“Ukrainadagi vaziyat va undan keyingi jarayonlar NATO bloki geosiyosiy qarama-qarshilikka juda tez aralashayotganini ko‘rsatdi. NATOda xavfsizlik bo‘yicha yangi xavotirlar bor”, dedi Altun.
Ta’kidlanishicha, Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyadan o‘z milliy xavfsizligi manfaatlariga daxldor aniq qadamlar va kafolatlar kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 18-may kuni Finlyandiya va Shvetsiya rasman NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi. Erdog‘an esa Turkiya ushbu ikki davlatning NATOga kirishiga yo‘l qo‘yib, Gretsiya bilan yo‘l qo‘ygan xatosini takrorlamasligini aytdi.
Buning ortidan rasmiy Moskva Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishini e’lon qildi. Xususan, Rossiya o‘z milliy xavfsizligiga bu borada yuzaga keladigan tahdidlarni to‘xtatish uchun ham harbiy-texnik, ham boshqa xarakterdagi javob choralarini ko‘rishi aytildi.
KXShT bosh kotibi NATOning kengayish rejalariga munosabat bildirdi
Ma’lumot uchun, Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun arizalarini ko‘rib chiqish boshlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, Anqara ularning alyansga kirish istagini qo‘llab-quvvatlamaydi, chunki Skandinaviya davlatlarining Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi (Partiya Karkerên Kurdistan – PKK) vakillari bilan aloqalari haqidagi bayonotlariga ishonmaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, agar ular blokka qo‘shilsa, NATO “xavfsizlik tashkiloti bo‘lmaydi, balki terrorchilarning ko‘plab vakillari to‘planadigan joyga aylanadi”. Nomzodlar alyansga kirishi uchun barcha a’zolarning roziligi talab qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0