https://oz.sputniknews-uz.com/20220608/yoq-qilishga-ulgurishmagan-azovstal-bunkerlarida-nimalar-topildi-25138464.html
“Yoʻq qilishga ulgurishmagan”: “Azovstal” bunkerlarida nimalar topildi?
“Yoʻq qilishga ulgurishmagan”: “Azovstal” bunkerlarida nimalar topildi?
“Azovstal” garnizoni 3 hafta avvalroq qurollarini tashlagan edi. Biroq Rossiya va DXR harbiylari zavod hududlarida hamon tozalash ishlarini olib borishmoqda. 08.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-08T22:06+0500
2022-06-08T22:06+0500
2022-06-08T22:06+0500
kolumnistlar
mariupol
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/08/25138295_0:26:1775:1024_1920x0_80_0_0_1e5cd9c2efb17b3712f0c8e5d136e197.jpg
Maydoni 12 gektar boʻlgan sanoat kompleksini tekshirib chiqish- oson vazifa emas. Baʼzan xavfli topilmalar ham chiqib qolishi mumkin. Ukraina mudofaa tizimi qanday tashkillashtirilgan edi? Batafsil RIA Novosti reportajida.Deyarli butunlay vayron boʻlganJurnalistlar uchun “Azovstal”ga kirish sharqdan - chap qirgʻoq tomondan mumkin. Kirish eshigi yonida eski T-55 sovet tanki gapirmas qoʻriqchidek qotib qolgan. Uch hafta oldin u oʻqdan qattiq shikastlangan poydevorni zoʻrgʻa ushlab turgan. Uning beton blokdan toʻliq qulab tushmasligi uchun DXR harbiylari qutqaruv mashinasini haydab, raritetni oʻz blokpostlariga sudrab kelishgan. Endi ushbu jangovar mashinasining soyasida harbiylar iyun oyining jazirama quyoshidan yashirinishadi.Siniqlar va beton parchalari bilan qoplangan yoʻl Azovstal garnizoni oʻz qurollarini topshirib, avtobuslarga ortilgan va asirga tushgan koʻprik tomon olib boradi. Bu yerdan kombinatning faqat kichik qismi koʻrinadi. Ammo shunga qaramay, aniqki: ulkan zavod majmuasi metall, yonib ketgan binolar, vayron boʻlgan jihozlar oyoq ostida oʻralashgan qoldiqqa aylangan.Zavod deyarli butunlay vayron boʻlgan. Hozirgi holatining suratlari korxonaning hatto 1943 yil sentyabr oyida, ortga chekinayotgan nemislar barcha asosiy ishlab chiqarish obʼyektlarini portlatib yuborganidanda achinarliroq. Nazariy jihatdan, hamma narsani qayta qurish mumkin. Ammo birinchi navbatda juda katta maydonni minalardan va xarobalardan tozalash kerak.Qalʼa zavodAslida “Azovstal” shahar ichidagi shahar. Ittifoq davrida bu yerda 41 ta tsex va 80 ta yirik inshootlar qurilgan. Oshxonalarning oʻzi yigirmatacha. Qancha bunker va yerosti texnologik joylari borligini esa hatto mahalliy urush faxriylari ham bilishmaydi.“Azov” polki va Ukraina Qurolli Kuchlari 36-alohida dengiz piyoda brigadasi Azovstalni bejizga mudofaa uchun tanlamagan. Metall va beton labirintlarda snayperlar, granatachilar va pulemyotchilar uchun minglab mumkin boʻlgan pozitsiyalar qilish mumkin. Qalin devorlarlar esa oʻq va tank snaryadlaridan ishonchli himoya qila oladi. Tarmoqlangan yerosti kommunikatsiyalari boʻlinmalarni bir joydan ikkinchi joyga tez oʻtkazish imkonini beradi. Keng darvozalar orqali esa havo hujumlaridan yashirinib, harbiy texnikani haydash oson."Bu qalʼaga frontal hujum qanday oqibatlarga olib kelishini tasavvur qila olasizmi?! - degan ritorik savol bilan yuzlanadi jurnalistlarga hamrohlik qilayotgan DXR Ichki ishlar vazirligi xodimi Andrey. – Azovchilar joyni juda yaxshi bilgan. Maxsus operatsiya boshlanmasidan oldin bir necha marotaba kelgan va koʻrib chiqishgan. Ularning bunkerlarida zavodning batafsil xaritalarini topdik. Unda mudofaa chiziqlari belgilangan edi. Xullas, ular jang qilishga jiddiy tayyorlanayotgan boʻlgan”.“Azovstal” zavodida taslim boʻlgan ukrainalik jangarilar soni 1,7 mingdan oshdi – videoOgʻir dalillarFrontal hujum oʻrniga Azovstalni qurshab olishgan, katta kalibrli “Tyulpan” minomyotlari va “Solntsepek” oʻt oʻchirish tizimlari tortib chiqishgan. Havoga ogʻir beton teshuvchi bombali samolyotlarni koʻtarishgan va metallurgiya zavodini uslubiy ravishda yer bilan tekislashni boshlashgan.Baʼzi tsexlar butunlay vayron boʻlgan. Yoʻlning chap va oʻng tomonida diametri oʻn metr va chuqurligi toʻrt metr boʻlgan bombalardan hosil boʻlgan chuqurlar bor. Markazga yaqinroq ochiq maydonda - Ukraina Qurolli Kuchlarining vayron boʻlgan texnikasi, “Butsefal” zirhli bronetransporterlari. “Bogdan” zirhli mashinasini esa qandaydir nomaʼlum kuch gʻildiraklaridan xuddi oʻyinchoqni oʻynatgandek tomga burib yuborgan.“Ular aynan shu yerdan qarshi javob berishdi”, - deb tushuntiradi hamrohimiz. -Mariupolning gʻarbiy tumanlarini artilleriyadan oʻqqa tutishdi. Va biz javob berishimiz bilanoq, ular texnikalarini binolarga haydab olib kirishdi. Biroq, Rossiya FAB-3000 aviabombalaridan foydalanganda, ular hech qanday zarba bera olmay qolishdi.Omon qolgan binolar ichida – esa umumiy tartibsizlik. Koks shlaklarini qayta ishlash tsexida ishlab chiqarish uskunasi singan, yongʻin izlari qolgan. Devorda, xuddi masxara qilgandek, “Yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qiling” belgisi omon qolgan. IETS binosining bir qancha devorlari yoʻq, generator xonasi vayron boʻlgan. Temir yoʻlni mahkamlash tsexida hamma narsa ogʻir bronetexnikalarning izlari bilan ezilgan.Allanimalar ham saqlanib qolgan. Plitalar ustaxonasida tayyor mahsulotlarning toʻplamlari shiftgacha koʻtarilgan - bular slyablar deb ataladigan, poʻlat plitalar uchun toʻrtburchaklar kesimning qalin poʻlat blankalari. Ularning narxi arzon emas. Zavod minalardan tozalanishi bilanoq slyablarni olib ketishadi va undan foydalanishadi. Poʻlat urushdan vayron boʻlgan Mariupolni tiklash uchun juda muhim.Hech nimani qoldirmaymizDXR ofitserining soʻzlab berishicha: garnizon sovet davridan qolgan yerosti boshpanalarida chiqmasdan oʻtirgan. Ulardan oʻntalab topiladi. Bunkerlardan biriga kirishning yarmi toʻsilgan. Ehtiyotkorlik bilan singan beton boʻlaklari ustida yuramiz va pastga tushamiz. Quygan narsaning oʻtkir hidi dimoqqa uriladi. Chiroq yorugʻida – armiyada foydaalaniladigan temir toʻrli krovatlarning yonib ketgan qobirgʻalari, yonib ketgan forma va bir nechta oʻralgan temir boʻlaklari. Hamrohimizning aytishicha, UQK askarlari taslim boʻlishdan oldin bu yerda xizmat koʻrsatadigan qurol va oʻq-dorilarning koʻp qismini oʻgʻirlab ketishgan. Va yoqib yuborishgan.“Oʻzlariga ham, boshqalarga ham qoldirishmagan”, - deb hazil qiladi hamrohimiz. – Taslim boʻlishdan oldin deyarli hamma narsani yoʻq qilishgan, vayron qilishgan. Qurollarni yaroqsiz holga keltirishgan, teplovizorlar, tungi va kollimator moʻljallagichlarni sindirishgan, bronjiletlardagi tasmalar kesishgan, dubulgʻalarga oʻq uzishgan, noutbuklarga kislota quyishgan, uyali telefonlar beretslar bilan maydalashgan. Biz koʻp narsa olib ketmadik. Masalan, haqiqiy muzey rariteti - Ulugʻ Vatan urushi davridagi Degtyarev diskli avtomati saqlanib qolgan. Boshqa bir bunkerdan esa men oʻzimga yaxshi bir gitara topib oldim.Qoʻshni yashirinish joyini yo yoqib yuborishga ulgurishmagan, yoki kerak emas deb oʻylashgan. Qalin zirhli eshiklar hatto kuchli minaning yaqindan portlashiga ham bardosh bera oladi. Ularning orqasida bir nechta keng xonalar bor. Yashil rangga boʻyalgan devorlarda fuqarolik mudofaasi boʻyicha koʻrsatmalar yozilgan stendlar osilgan. Yerda tashlab ketilgan bushlat, kitel va shimlar koʻp. Asosan armiya kiyimlari, ammo yangi “Metinvest” kurtkalari ham bor. Qamaldan chiqib ketish umidida UQK jangchilari maxsus kiyimlarini tashlab, Azovstal ishchilarining kiyimini qiyishgan. Ammo bir nechtasigina tinch aholi safiga qochishga muvaffaq boʻlgan.Jurnalistlarga esa yerda yotgan kiyimlarni bosmaslikka qattiq ogohlantirishadi. Chunki choʻntaklarda haligacha xavfli, portlovchi “syurprizlar” boʻlishi mumkin. Chindan ham harbiy komlektning bir qismini yoʻq qilishga ulgurishmagan. Xonalardan birida granatalar, patron tsinklari, RPG-7 dan “sabzi” oʻqlari va yuklangan pulemyot kamari solingan bir nechta quti bor. Va arsenalning yonida esa Fadeyevning “Yosh gvardiya” kitobi joy olgan.Bunkerda ikra bilanBu bunkerning holiga qarab, yomon yashashmaganlarini bilib olasiz. Generator, sanuzel, dush. Omborxonalarning biri gazlangan mineral suvning ochilmagan paketlari bilan toʻldirilgan. Eng oddiy hisob-kitoblarga koʻra, bu yana bir oyga yetarli zaxira boʻladi. Oziq-ovqat bilan muammolar boʻlmagan: boʻtqa, konserva, “qoʻlda oʻralgan papiros”, quruq payoklar.“Taslim boʻlganlarni tekshirganlar qatorida men ham qatnashganman, - deydi hamrohimiz. – Bir harbiydan bir banka qizil ikra topdim. Ikra qanday qilib chirib ketmagani esa aqlga sigʻmaydi. Yana biri ikki qoʻlida katta pishloqlarni koʻtarib yurgan edi. Yana bittasining ryukzakidan toʻrtta qadoqdagi qimmatbaho frantsuz pashtetini topib oldik. Lekin, albatta, hammasida ham bunday yeguliklar boʻlmagan. Qayerdadir ular ziyofat qilishgan, yana qayerdadir esa boshqalar kuniga 150 grammdan boʻtqa yeyishgan. “Azov” oʻzi uchun noz-neʼmatlarni tortib olib, boshqa hech kimga bermagan. Koʻp boshpanalar oʻrtasida esa aloqa boʻlmagan. Faqat kechasi bir nechtadan koʻchaga chiqishgan”RT muxbiri “Azovstaldagi” jangarilarning “dam olish” joyini koʻrsatdi – foto, videoVa shunga qaramay, tinimsiz qulayotgan bombalarning shovqini, shiftdan parchalanib ketgan shtukaturka, atrofdagi zulmat va qoʻshimcha kuchlarning yetishmasligi garnizonni psixologik jihatdan vayron qilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, ikki yarim mingga yaqin jangchi taslim boʻlgan. Azovstal uchun jang tugagan. Biroq, harbiylar kichik qurolli guruhlar hali ham 12 gektar maydonda yashiringan boʻlishi mumkin, deb taxmin qilmoqda.
mariupol
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Andrey Kots
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/438/41/4384134_262:0:2310:2048_100x100_80_0_0_52cf3ba73eab3192ab97df66b0fde5e6.jpg
Andrey Kots
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/438/41/4384134_262:0:2310:2048_100x100_80_0_0_52cf3ba73eab3192ab97df66b0fde5e6.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Odin iz tsexov metallurgicheskogo kombinata "Azovstal»"
Tsex metallurgicheskogo kombinata "Azovstal". Avtor: Andrey Kots.
2022-06-08T22:06+0500
true
PT4M04S
Kombinat "Azovstal" posle osvobojdeniya soyuznыmi voyskami armiy DNR i Rossii
"Azovstal" posle osvobojdeniya soyuznыmi voyskami armiy DNR i RF. Avtor: Andrey Kots.
2022-06-08T22:06+0500
true
PT3M54S
Bunker pod "Azovstalyu", v kotorom skrыvalsya garnizon kombinata
Bunker pod "Azovstalyu", gde skrыvalsya garnizon kombinata. Avtor: Andrey Kots.
2022-06-08T22:06+0500
true
PT4M14S
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/08/25138295_188:0:1587:1049_1920x0_80_0_0_60a31a63c56fd344f7f1c877616692c8.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Andrey Kots
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/438/41/4384134_262:0:2310:2048_100x100_80_0_0_52cf3ba73eab3192ab97df66b0fde5e6.jpg
mariupol, video
“Yoʻq qilishga ulgurishmagan”: “Azovstal” bunkerlarida nimalar topildi?
“Azovstal” garnizoni 3 hafta avvalroq qurollarini tashlagan edi. Biroq Rossiya va DXR harbiylari zavod hududlarida hamon tozalash ishlarini olib borishmoqda.
Maydoni 12 gektar boʻlgan sanoat kompleksini tekshirib chiqish- oson vazifa emas. Baʼzan xavfli topilmalar ham chiqib qolishi mumkin. Ukraina mudofaa tizimi qanday tashkillashtirilgan edi? Batafsil RIA Novosti
reportajida.Deyarli butunlay vayron boʻlgan
Jurnalistlar uchun “Azovstal”ga kirish sharqdan - chap qirgʻoq tomondan mumkin. Kirish eshigi yonida eski T-55 sovet tanki gapirmas qoʻriqchidek qotib qolgan. Uch hafta oldin u oʻqdan qattiq shikastlangan poydevorni zoʻrgʻa ushlab turgan. Uning beton blokdan toʻliq qulab tushmasligi uchun DXR harbiylari qutqaruv mashinasini haydab, raritetni oʻz blokpostlariga sudrab kelishgan. Endi ushbu jangovar mashinasining soyasida harbiylar iyun oyining jazirama quyoshidan yashirinishadi.
Siniqlar va beton parchalari bilan qoplangan yoʻl Azovstal garnizoni oʻz qurollarini topshirib, avtobuslarga ortilgan va asirga tushgan koʻprik tomon olib boradi. Bu yerdan kombinatning faqat kichik qismi koʻrinadi. Ammo shunga qaramay, aniqki: ulkan zavod majmuasi metall, yonib ketgan binolar, vayron boʻlgan jihozlar oyoq ostida oʻralashgan qoldiqqa aylangan.
Zavod deyarli butunlay vayron boʻlgan. Hozirgi holatining suratlari korxonaning hatto 1943 yil sentyabr oyida, ortga chekinayotgan nemislar barcha asosiy ishlab chiqarish obʼyektlarini portlatib yuborganidanda achinarliroq. Nazariy jihatdan, hamma narsani qayta qurish mumkin. Ammo birinchi navbatda juda katta maydonni minalardan va xarobalardan tozalash kerak.
Qalʼa zavod
Aslida “Azovstal” shahar ichidagi shahar. Ittifoq davrida bu yerda 41 ta tsex va 80 ta yirik inshootlar qurilgan. Oshxonalarning oʻzi yigirmatacha. Qancha bunker va yerosti texnologik joylari borligini esa hatto mahalliy urush faxriylari ham bilishmaydi.
“Azov” polki va Ukraina Qurolli Kuchlari 36-alohida dengiz piyoda brigadasi Azovstalni bejizga mudofaa uchun tanlamagan. Metall va beton labirintlarda snayperlar, granatachilar va pulemyotchilar uchun minglab mumkin boʻlgan pozitsiyalar qilish mumkin. Qalin devorlarlar esa oʻq va tank snaryadlaridan ishonchli himoya qila oladi. Tarmoqlangan yerosti kommunikatsiyalari boʻlinmalarni bir joydan ikkinchi joyga tez oʻtkazish imkonini beradi. Keng darvozalar orqali esa havo hujumlaridan yashirinib, harbiy texnikani haydash oson.
"Bu qalʼaga frontal hujum qanday oqibatlarga olib kelishini tasavvur qila olasizmi?! - degan ritorik savol bilan yuzlanadi jurnalistlarga hamrohlik qilayotgan DXR Ichki ishlar vazirligi xodimi Andrey. – Azovchilar joyni juda yaxshi bilgan. Maxsus operatsiya boshlanmasidan oldin bir necha marotaba kelgan va koʻrib chiqishgan. Ularning bunkerlarida zavodning batafsil xaritalarini topdik. Unda mudofaa chiziqlari belgilangan edi. Xullas, ular jang qilishga jiddiy tayyorlanayotgan boʻlgan”.
Ogʻir dalillar
Frontal hujum oʻrniga Azovstalni qurshab olishgan, katta kalibrli “Tyulpan” minomyotlari va “Solntsepek” oʻt oʻchirish tizimlari tortib chiqishgan. Havoga ogʻir beton teshuvchi bombali samolyotlarni koʻtarishgan va metallurgiya zavodini uslubiy ravishda yer bilan tekislashni boshlashgan.
Baʼzi tsexlar butunlay vayron boʻlgan. Yoʻlning chap va oʻng tomonida diametri oʻn metr va chuqurligi toʻrt metr boʻlgan bombalardan hosil boʻlgan chuqurlar bor. Markazga yaqinroq ochiq maydonda - Ukraina Qurolli Kuchlarining vayron boʻlgan texnikasi, “Butsefal” zirhli bronetransporterlari. “Bogdan” zirhli mashinasini esa qandaydir nomaʼlum kuch gʻildiraklaridan xuddi oʻyinchoqni oʻynatgandek tomga burib yuborgan.
“Ular aynan shu yerdan qarshi javob berishdi”, - deb tushuntiradi hamrohimiz. -Mariupolning gʻarbiy tumanlarini artilleriyadan oʻqqa tutishdi. Va biz javob berishimiz bilanoq, ular texnikalarini binolarga haydab olib kirishdi. Biroq, Rossiya FAB-3000 aviabombalaridan foydalanganda, ular hech qanday zarba bera olmay qolishdi.
Omon qolgan binolar ichida – esa umumiy tartibsizlik. Koks shlaklarini qayta ishlash tsexida ishlab chiqarish uskunasi singan, yongʻin izlari qolgan. Devorda, xuddi masxara qilgandek, “Yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qiling” belgisi omon qolgan. IETS binosining bir qancha devorlari yoʻq, generator xonasi vayron boʻlgan. Temir yoʻlni mahkamlash tsexida hamma narsa ogʻir bronetexnikalarning izlari bilan ezilgan.
Allanimalar ham saqlanib qolgan. Plitalar ustaxonasida tayyor mahsulotlarning toʻplamlari shiftgacha koʻtarilgan - bular slyablar deb ataladigan, poʻlat plitalar uchun toʻrtburchaklar kesimning qalin poʻlat blankalari. Ularning narxi arzon emas. Zavod minalardan tozalanishi bilanoq slyablarni olib ketishadi va undan foydalanishadi. Poʻlat urushdan vayron boʻlgan Mariupolni tiklash uchun juda muhim.
Hech nimani qoldirmaymiz
DXR ofitserining soʻzlab berishicha: garnizon sovet davridan qolgan yerosti boshpanalarida chiqmasdan oʻtirgan. Ulardan oʻntalab topiladi. Bunkerlardan biriga kirishning yarmi toʻsilgan. Ehtiyotkorlik bilan singan beton boʻlaklari ustida yuramiz va pastga tushamiz. Quygan narsaning oʻtkir hidi dimoqqa uriladi. Chiroq yorugʻida – armiyada foydaalaniladigan temir toʻrli krovatlarning yonib ketgan qobirgʻalari, yonib ketgan forma va bir nechta oʻralgan temir boʻlaklari. Hamrohimizning aytishicha, UQK askarlari taslim boʻlishdan oldin bu yerda xizmat koʻrsatadigan qurol va oʻq-dorilarning koʻp qismini oʻgʻirlab ketishgan. Va yoqib yuborishgan.
“Oʻzlariga ham, boshqalarga ham qoldirishmagan”, - deb hazil qiladi hamrohimiz. – Taslim boʻlishdan oldin deyarli hamma narsani yoʻq qilishgan, vayron qilishgan. Qurollarni yaroqsiz holga keltirishgan, teplovizorlar, tungi va kollimator moʻljallagichlarni sindirishgan, bronjiletlardagi tasmalar kesishgan, dubulgʻalarga oʻq uzishgan, noutbuklarga kislota quyishgan, uyali telefonlar beretslar bilan maydalashgan. Biz koʻp narsa olib ketmadik. Masalan, haqiqiy muzey rariteti - Ulugʻ Vatan urushi davridagi Degtyarev diskli avtomati saqlanib qolgan. Boshqa bir bunkerdan esa men oʻzimga yaxshi bir gitara topib oldim.
Qoʻshni yashirinish joyini yo yoqib yuborishga ulgurishmagan, yoki kerak emas deb oʻylashgan. Qalin zirhli eshiklar hatto kuchli minaning yaqindan portlashiga ham bardosh bera oladi. Ularning orqasida bir nechta keng xonalar bor. Yashil rangga boʻyalgan devorlarda fuqarolik mudofaasi boʻyicha koʻrsatmalar yozilgan stendlar osilgan. Yerda tashlab ketilgan bushlat, kitel va shimlar koʻp. Asosan armiya kiyimlari, ammo yangi “Metinvest” kurtkalari ham bor. Qamaldan chiqib ketish umidida UQK jangchilari maxsus kiyimlarini tashlab, Azovstal ishchilarining kiyimini qiyishgan. Ammo bir nechtasigina tinch aholi safiga qochishga muvaffaq boʻlgan.
Jurnalistlarga esa yerda yotgan kiyimlarni bosmaslikka qattiq ogohlantirishadi. Chunki choʻntaklarda haligacha xavfli, portlovchi “syurprizlar” boʻlishi mumkin. Chindan ham harbiy komlektning bir qismini yoʻq qilishga ulgurishmagan. Xonalardan birida granatalar, patron tsinklari, RPG-7 dan “sabzi” oʻqlari va yuklangan pulemyot kamari solingan bir nechta quti bor. Va arsenalning yonida esa Fadeyevning “Yosh gvardiya” kitobi joy olgan.
Bunkerda ikra bilan
Bu bunkerning holiga qarab, yomon yashashmaganlarini bilib olasiz. Generator, sanuzel, dush. Omborxonalarning biri gazlangan mineral suvning ochilmagan paketlari bilan toʻldirilgan. Eng oddiy hisob-kitoblarga koʻra, bu yana bir oyga yetarli zaxira boʻladi. Oziq-ovqat bilan muammolar boʻlmagan: boʻtqa, konserva, “qoʻlda oʻralgan papiros”, quruq payoklar.
“Taslim boʻlganlarni tekshirganlar qatorida men ham qatnashganman, - deydi hamrohimiz. – Bir harbiydan bir banka qizil ikra topdim. Ikra qanday qilib chirib ketmagani esa aqlga sigʻmaydi. Yana biri ikki qoʻlida katta pishloqlarni koʻtarib yurgan edi. Yana bittasining ryukzakidan toʻrtta qadoqdagi qimmatbaho frantsuz pashtetini topib oldik. Lekin, albatta, hammasida ham bunday yeguliklar boʻlmagan. Qayerdadir ular ziyofat qilishgan, yana qayerdadir esa boshqalar kuniga 150 grammdan boʻtqa yeyishgan. “Azov” oʻzi uchun noz-neʼmatlarni tortib olib, boshqa hech kimga bermagan. Koʻp boshpanalar oʻrtasida esa aloqa boʻlmagan. Faqat kechasi bir nechtadan koʻchaga chiqishgan”
Va shunga qaramay, tinimsiz qulayotgan bombalarning shovqini, shiftdan parchalanib ketgan shtukaturka, atrofdagi zulmat va qoʻshimcha kuchlarning yetishmasligi garnizonni psixologik jihatdan vayron qilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, ikki yarim mingga yaqin jangchi taslim boʻlgan. Azovstal uchun jang tugagan. Biroq, harbiylar kichik qurolli guruhlar hali ham 12 gektar maydonda yashiringan boʻlishi mumkin, deb taxmin qilmoqda.