Antonov: Arktika kengashining Rossiyasiz qabul qilgan qarorlari noqonuniy bo‘ladi

© Sputnik / Aleksey Agarishev / Mediabankka o‘tishPosol Rossii v Vashingtone Anatoliy Antonov
Posol Rossii v Vashingtone Anatoliy Antonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Obuna bo‘lish
Antonovning so‘zlariga ko‘ra, Uzoq Shimol muammolarini Rossiyasiz samarali hal qilishning iloji yo‘q.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Arktika kengashining Rossiya tomoni ishtirokisiz qabul qiladigan qarorlari noqonuniy hisoblanadi va konsensus tamoyilini buzadi. Bu haqda chorshanba kuni Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov ma’lum qildi, uning so‘zlari Rossiya diplomatik missiyasining Telegram-kanalida keltirilgan.
“ Bunday qadam nafaqat Rossiyani kengashning amaldagi raisi sifatida, balki mintaqaning yanada barqaror rivojlanishidan manfaatdor butun xalqaro hamjamiyatni ham xavotirga solmasdan qo‘ymaydi”, - deydi Antonov.
Elchining fikricha, kengashda Rossiya ishtirokisiz qabul qilinadigan barcha qarorlar noqonuniy bo‘ladi.
“Arktika kengashi nomidan bizning mamlakatimiz ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar noqonuniy bo‘ladi va uning boshqaruv hujjatlarida nazarda tutilgan konsensus tamoyilini buzadi”, - dedi u.
Antonovning so‘zlariga ko‘ra, Uzoq Shimol muammolarini Rossiyasiz samarali hal qilishning iloji yo‘q.
“Sababi aniq — butun mintaqa hududining qariyb 60 foizini egallagan Arktikaning Rossiya qismida mahalliy aholining yarmidan ko‘pi yashaydi. Butun iqtisodiy faoliyatning 70 foizdan ortig‘i yuqori kengliklarda amalga oshiriladi”, - deya qo‘shimcha qildi Antonov.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi, Arktika kengashining yuqori mansabdor shaxslar qo‘mitasi raisi Nikolay Korchunov Arktika kengashi ishidagi pauza mintaqada xavfsizlik xavflarining oshishiga olib kelishi haqida ogohlantirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Arktika kengashining keng ko‘lamli ishining tezroq tiklanishi, albatta, nafaqat Arktika davlatlari, balki butun xalqaro hamjamiyat manfaatlariga xizmat qiladi”.
Arktika kengashi Arktika davlatlarining hukumatlararo tashkilotidir. U 1996-yilda Kanada tashabbusi bilan tashkil qilingan. Uning a’zolari —Daniya (Grenlandiya va Farer orollari bilan birgalikda), Islandiya, Kanada, Norvegiya, Rossiya, AQSh, Finlyandiya va Shvetsiya. 2021-yilda assotsiatsiyaning 25-yilligi nishonlanganda unga ikki yil davomida raislik qilish Islandiyadan Rossiya Federatsiyasiga o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0