Dollar besh rubldan: Rossiya global inflyatsiyadan o‘zini qanday himoya qilmoqda?

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishDollar rastet, yevro upal – novie kursi valyut v Uzbekistane
Dollar rastet, yevro upal – novie kursi valyut v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Obuna bo‘lish
So‘nggi vaqtlarda kuzatilayotgan neft, gaz, o‘g‘itlar narxining keskin oshishi jahon bozorlarida barcha narxlarning oshishiga va oqibatda global inflyatsiyaga olib kelishi mumkin. Ushbu vaziyatda Rossiya o‘zini qanday himoya qilishi mumkin?
Iqtisodiy ekspertlar davrasida inflyatsion xavf - dunyo iqtisodiyoti kelajagi borasida gap ketganda eng asosiy mavzularidan biri bo‘lib qolmoqda. To‘g‘rirog‘i, bu xavflar allaqachon paydo bo‘lgan, masala uning rivojlangan mamlakatlarda vaqtinchaliq hodisa bo‘lib qolishi yoki yillab davom etishidadir. Inflyatsiyaning kelib chiqishi, uning turlari haqida hatto iqtisodchilar orasida ham bahslar davom etmoqda. Biz esa iqtisodiy umumlashtirishlardan chekingan holda ushbu muammoning energetik aspektlariga urg‘u berishga harakat qilamiz.
Odatda, iste’mol inflyatsiyasining tarkibiy qismlaridan biri energiya va boshqa xomashoviy tovarlar narxining oshishi hisoblanadi. Narxlar oshishiga, sodda qilib aytganda, ikkita sabab bor. Birinchidan, talab va taklifning nomutanosibligi – ya’ni cheklangan miqdordagi tovarga talabning keskin oshishi. Ikkinchidan, inflyatsiya oqibatida xomashyo tannarxining oshishi va oqibatda yangi ishlab chiqarilatotgan tovarlarning yuqori narxini saqlab qoladi va ularning oldingi past darajasiga tushishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Misol uchun, yaqinda biz slanes nefti qazib olish tannarxi o‘nlab foizga oshganini xabar qilgan edik. Yangi yangli neft konlarini burg‘ulash to‘g‘risida qaror, faqatgina dunyoda neft narxi baland bo‘lganda qabul qilinishi mumkin. O‘shandagina slanes neft koni o‘zini oqlaydi.
Ikkinchi misol – kotirovkalar deyarli o‘n barobar o‘sgan litiy bozori. Goldman Sachs taxminiga ko‘ra, qabariq pasaymoqda va kelgusi yil davomida narxlar bir necha bor pasayadi. Faqat ularning yangi tubi kotirovkalarning tez o‘sishidan oldin meyordagidan 50% ga yuqori bo‘ladi. Ehtimol, yangi taklifning tannarxi yuqoriroq bo‘ladi.
Yana bir yorqin misol - gaz bozori. U yerda hozir narxlar meyordan uch yoki undan ko‘p barobar yuqori. Biroq, iste’molchilar AQShdan hali qurilmagan zavodlardagi suyultirilgan gazga umid qilishmoqda. Ammo bu yangi narx qanday bo‘ladi? Eslatib o‘tamiz, Amerika suyultirilgan gazi narxi ikki komponentlardan iborat: suyultirish narxi va gazning ichki narxidan iborat. Amerika Qo‘shma Shtatlarida gaz narxi allaqachon uch barobarga oshgan: “standart” navi ming kubometr uchun 100 dollardan 300 dollargacha. AQSh ichida gazning past narxi Amerika suyultirilgan gazlari uchun raqobatbardoshlikni ta’minlaydi. Ammo, hozir bu omil vaqtinchalik yo‘qolgan bo‘lishi mumkin.
Ha narxlarning ko‘p o‘sishiga talabning nomutanosibligi va suyultirilgan gazning faol eksporti ta’sir qilgan. Ishlab chiqarishni vaqt o‘tishi bilan ko‘paytirish mumkin. Ammo, taxminlarga ko‘ra, slanes neftini qazib olishga qaraganda, slanes gazini qazib olish - o‘nlab foizlarga oshgan! Chunki texnologiyalar bir xil.
Ikkinchi muammo: po‘lat narxining oshishini suyultirilgan gaz zavodlarini qurish xarajatlarini sezilarli oshiradi. Natijada bozor a’zolarining taxmin qilishicha, yangi ishlab chiqarishlarni qurish qiymati metallar va boshqa materiallar narxi oshishiga qadar kutilganidan ikki baravar yuqori bo‘lishi mumkin. Demak, Amerikaning yangi suyultirilgan gazi birinchi to‘lqini yetkazib berilishidan ko‘ra qimmatroq bo‘lishi mumkin.
Xuddi shu faktor o‘g‘itlar, oziq-ovqat mahsulotlarining bir necha barobar oshirilgan narxlariga ham tegishli- misollarni esa davom etish mumkin. Bundan tashqari, bu fonda bir necha oy oldin g‘arb sharhlovchilari orasida “grinflyatsiya” atamasi paydo bo‘ldi. U yashil energiya rivojlanishi bilan bog‘liq inflyatsiya jarayonlarini anglatadi. Ya’ni dekarbonizatsiya uchun anchayin qimmat texnologiyalar (masalan karbonat angidridni ushlab turish) iqtisodiyotdagi umumiy inflyatsiyaga muntazam hissa qo‘shadi.
Albatta, xomashyo – o‘zgaruvchan narxli aktiv. Uning narxi muayan vaziyatda turlicha bo‘lishi bo‘lishi mumkin: pandemiya vaqtida biz neftni hatto salbiy narxlarda ko‘rdik. Yaqinda esa, gazning ishlab chiqarish tannarxidan besh yoki undan ko‘p marta qimmatrog‘ini ham.
Uzoq muddatli tendensiyalar haqidagi gapiradigan bo‘lsak, biz dollarning past inflyatsiyasi fonida neftning yillar davomida nisbatan tor koridor chegarasi orasida sotilishiga o‘rganib qolganmiz. Hozirgi tendensiyalar esa narxlarni nominal ko‘rinishdan boshqa darajalarga olib chiqishi mumkin.
Qisqa muddatli ssenariylar turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, asosiy stavkalarning oshishi, turg‘unlik va talabning yo‘qolishi – demak narxlar tushadi degani. Ammo yangi qurilgan qimmatbaho tarmoq bunda zararli bo‘lib chiqadi.
Biz uchun esa hozir bu inflyatsiyani Rossiya bozoriga kiritmaslik muhim. Rossiyaning xom-ashyo tovarlarida borasida eskportchi ekanligini hisobga olganda, bu ishni qilish qiyin emas (nazariy jihatdan).
Ta’kidlab o‘tamiz, bularning bari- o‘zimizda inflyatsion muammolarning yo‘qligini bildirmaydi. Bunday muammolar bor, ammo ularning sabablari boshqa. Nima bo‘lganda ham, Rossiyaning o‘ziga xos inflyatsiyasiga asosiy tovarlarning global inflyatsiyasini qo‘shish noto‘g‘ri bo‘ladi.
Rossiya ichki bozorida gaz narxini nazorat qilish eng osoni. Bizda aholi uchun ham va sanoat korxonalari uchun ham belgilangan narx amal qiladi. O‘rtacha aytganda ming kubometr uchun - 5000 rubl.
Aytish lozimki, Yevropada gazning ming kubometri taxminan 1000 dollarga teng bo‘lgan hozirgi paytda, dollarning nisbiy kursi (agar u faqat gaz narxiga asoslangan bo‘lsa) 1 dollar = 5 rublni tashqil etadi. Qishda YeI da gaz narxi eng beshafqat prognozlarga ko‘ra 5000 dollargacha ko‘tarilsa, unda 1 dollar = 1 rublga teng bo‘ladi.
Bu bilan aytmoqchi bo‘lganimiz, hozirgi kunda gazning global narxi Rossiya ichki bozoridagi narxga ta’sir qilmaydi. Garchi bir vaqtlar ichki va tashqi tanrxlarni tenglashtirish konsepsiyasi muhokama qilingan bo‘lsada.
Neft mahsulotlari bilan hammasi qiyinroq. Chunki neft birlamchi mahsulot, keyin esa o‘zining bir qancha xususiyatlari bilan neftni qayta ishlab chiqarish ko‘shiladi. Boz ustiga, eksport boji, foydali qazilmalarni qazib olish solig‘i va boshqa qo‘shimcha tuzatish mexanizmlarini o‘z ichiga olgan murakkab tizim ham bor.
Va bu yerda, albatta, soliq manevrini ham eslamay bo‘lmaydi. U 2019-yilda boshlangan va 2024-yilgacha davom etadi. Gap shundaki, neft va neft mahsulotlariga soliq yukining umumiy hajmida foydali qazilmalarni qazib olish ulushi asta-sekin o‘sib boradi, eksport boji ulushi esa pasayadi. Muayan “neft bo‘lgan” holatda bu boshqa tuzatishlar tufayli neft mahsulotlari narxining oshishiga olib kelmasligi kerak.
Ammo umuman olganda, eksport boji va foydali qazilmalarni qazib olish solig‘i (yoki xomashyo ishlab chiqaruvchilardan ortiqcha foyda olish imkonini beruvchi boshqa ichki soliqlar) o‘rtasidagi qarama-qarshilik qiziqarli muhokama mavzusidir. Haqiqatan ham, soliq yukining bir xil umumiy darajasi bilan ishlab chiqaruvchi uchun hech qanday farq yo‘q.
Biroq, ichki iste’molchi uchun katta farq bor. Eksport boji ko‘rinishidagi soliq bilan eng oxirgi holatda, mahalliy iste’molchi tovarlarni ancha arzonroq oladi - jahon narxida bojni chegirib tashlash (yetkazib berish xarajatlarini e’tiborsiz qoldiramiz) va eng oxirgi holatda soliq yuki foydali qazilmalarni qazib olish solig‘i shaklida - bir xil jahon narxlarida. Ikkinchi holatda, qo‘shimcha daromad davlatga tushadi, ammo hozir bizda budjetni to‘ldirishda hech qanday muammo yo‘q.
Eksport boji mexanizmidan foydalanmayapmiz, deyish mumkin emas. Eksport boji hamon boshqa segmentlarda, masalan, oziq-ovqat sohasida bor. Ha, gaz bozorida 30% boj bor, lekin ularni tartibga solish tufayli bu oddiygina ichki narxlarga ta’sir qilmaydi. 2021-yilda metallarga jahon narxlari oshishi fonida bu yerda ham vaqtinchalik yechim sifatida eksport bojlari paydo bo‘lgan.
Rossiya iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi kursi fonida ushbu mexanizm eskirgan deb topildi. Endi undan yana faolroq foydalanish uchun barcha asoslar bor. To‘g‘ri tanlangan boj va boshqa koeffitsientlarning boshlang‘ich qiymatlari qo‘l rejimida bo‘lmagan va kompaniyalarga zarar yetkazmasdan tovarlar narxini samarali tartibga solish imkonini beradi. Darvoqe, shaffof uzoq muddatli soliq qoidalari har doim yangi qo‘lda tuzatishlardan nimani kutish kerakligini tushunmaydigan kompaniyalar uchun ham qulay.
Masalan, o‘g‘itlar sektorida, bir tomondan, ichki bozor uchun narxlarni muzlatish, ikkinchi tomondan, eksport kvotalari amalga oshirilyapti. Bu, albatta, bozor mexanizmi emas. Aytgancha, bu segmentda ham bir yil avval hukumat eksport bojlari tizimini joriy etish masalasini ko‘targan edi.
Albatta, kichik materialda barcha sohalarning nozik va tomonlarini tasvirlab bo‘lmaydi. Ayniqsa, yanada murakkab ishlab chiqarish zanjirlari paydo bo‘lganda, masalan, neft-kimyo segmentida. Bu yerda polimer ishlab chiqaruvchilari plastiklarning mahalliy xaridorlari bilan narxlarni belgilash bo‘yicha kelishib olishdi. Ammo buning uchun ular ko‘pincha jahon narxlarida sotib olinadigan qayta ishlangan neft xomashosi narxlari bo‘yicha kafolatlarga muhtoj.
Rubl kursining kuchli tebranishi ham vaziyatni qiyinlashtiradi. Masalan, yaqinda metallurglarning tashqi bozordagi ortiqcha foydasi muhokama qilingan bo‘lsa, endi bo‘lsa, kurs va tashqi bozordagi qiyinchiliklarni hisobga olgan holda, bu haqida gap bo‘lmaydi.
Aytgancha, ayrim tarmoqlar eksport bilan bog‘liq vaqtinchalik muammolar fonida ichki bozor qo‘shimcha tartibga solinmagan holda ham jahon narxlarining o‘sishini hali sezmasligi mumkin. Ammo eksport tiklansa, jahon narxlari saqlanib qolsa yoki ko‘tarilsa, muammo yana kuchayadi.
Yangiliklar lentasi
0