DXM va YAIDXPda yana 2 ta xizmat yoʻlga qoʻyildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNovыy inklyuzivnыy Tsentr gosuslug v Dexkanabade otkrыl svoi dveri dlya posetiteley
Novыy inklyuzivnыy Tsentr gosuslug v Dexkanabade otkrыl svoi dveri dlya posetiteley - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish va davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha reglament tasdiqlangan
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Hukumat qarori bilan bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" telegram kanali xabar qildi.
Reglamentga koʻra, ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazi(DXM)ga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) ("my.gov.uz") orqali elektron murojaat qiladi. Ariza beruvchilar oliy maʼlumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga (diplom yoki sertifikatga) ega boʻlishi kerak. Soʻrovnoma toʻldirilib, 7 ish kunida oʻrganib chiqiladi.
Ariza beruvchini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingach, talabgor 1 kun ichida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi. Ekspert akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.
Bundan tashqari, davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha reglament ham tasdiqlangan. Unga koʻra, ariza beruvchi buning uchun DXMga bevosita yoki "my.gov.uz" orqali elektron murojaat qiladi.
Soʻrovnoma toʻldiriladi hamda vakolatli organ (Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) 15 ish kunida ariza beruvchini attestatsiyaga qoʻyish yoki qoʻyilmasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Vakolatli organ attestatsiya guruhi shakllanishiga qarab talabgorlarni attestatsiyadan oʻtkazadi (5-10 ta savoldan iborat ogʻzaki suhbat).
Attestatsiyada qatnashishdan chetlashtirilgan talabgor 6 oy davomida keyingi attestatsiyalarga qoʻyilmaydi. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari har 3 yilda attestatsiyadan oʻtadi.
Mazkur davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0