DXR sudi uch nafar xorijlik yollanma askarni oliy jazoga hukm qildi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVerxovniy sud DNR prigovoril k smertnoy kazni inostrannix nayemnikov
Verxovniy sud DNR prigovoril k smertnoy kazni inostrannix nayemnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina jangarilari tomonida jang qilgan ikki nafar Britaniya va bir nafar Marokko fuqarosi o‘lim jazosiga mahkum qilindi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Donesk xalq respublikasi Oliy sudi Ukraina jangarilari tomonida jang qilgan ikki nafar Britaniya va bir nafar Marokko fuqarosini oliy jazo – o‘lim jazosiga mahkum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Sud majlisida tekshirib chiqilgan dalillar majmui tahlili natijalariga ko‘ra sud Aslin Eyden, Pinner Shon va Saadun Bragimlarning aybi tasdiqlandi degan xulosaga keladi”, - deyilgan hukmda.
Jinoyatlar majmui bilan Aslin Eyden, Pinner Shon va Saadun Bragimga jazo sifatida o‘lim jazosi tayingan.
Sudyaning so‘zlariga ko‘ra, mahkumlar ayblov xulosasida ularga qo‘yilgan barcha ayblarni bo‘yinlarini olishgan.
O‘limga mahkum qilingan xorijiy yollanma askarlar hukm ustidan shikoyat keltirishlari mumkin.
DXR Oliy sudi 6-iyun kuni Ukraina tomonida jangovar harakatlarda qatnashgan ikki nafar britaniyalik va bir nafar marokkalikning ishini ko‘rib chiqishni boshlagandi.
Respublika Bosh prokuraturasi avvalroq Pinner, Aslin va Bragimdan olgan ko‘rsatmalari bilan ularning DXR JKning “bir guruh shaxslar tomonidan jinoyat sodir etish”, “hokimiyatni kuch bilan egallab olish” va “yollanish” moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishga aloqadorliklari aniqlanganini ma’lum qilgan edi.
Prokuratura xorijiy yollanma askarlarga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanishi mumkinligini ta’kidlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0