Osiyo Kubogi 2023: O‘zbekiston - Shri-lanka 3:0

© Federatsiya Futbola UzbekistanaUzbekistan - Shri Lanka 3:0
Uzbekistan - Shri Lanka 3:0 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Obuna bo‘lish
Shri-lanka terma jamoasiga qarshi uchrashuv terma jamoaning bosh murabbiyi Srechko Katanes uchun ilk rasmiy uchrashuv bo‘ldi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Shri- Lankaga qarshi uchrashuvda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2023-yilda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Osiyo kubogining saralash bosqichi doirasida Shri-Lanka jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi.
© Federatsiya Futbola UzbekistanaUzbekistan - Shri Lanka 3:0
Uzbekistan - Shri Lanka 3:0 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Uzbekistan - Shri Lanka 3:0
“C” guruhidan o‘rin olgan terma jamoa Namangandagi “Markaziy” stadionda Shri-lanka darvozasini 3 bor ishg‘ol etdi.
Gollarga Jaloliddin Masharipov, Dostonbek Hamdamov va Farruh Sayfiyevlar mualliflik qilishdi. Shu tariqa, “C” guruhida 3 ochko to‘plagan O‘zbekiston hamda Tailand terma jamoalari peshqadamlik qilmoqda.
© Federatsiya Futbola UzbekistanaUzbekistan - Shri Lanka 3:0
Uzbekistan - Shri Lanka 3:0 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Uzbekistan - Shri Lanka 3:0
Shri-lanka terma jamoasiga qarshi uchrashuv terma jamoaning bosh murabbiyi Srechko Katanes uchun ilk rasmiy uchrashuv bo‘ldi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Srechko Katanes “faqat himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘ynash har doim qiyin hisoblanadi” degan fikr bildirdi.
“Oldimizda yana 2 ta muhim uchrashuvlar bor. Ularga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, natijamizni yaxshilab borishga harakat qilamiz”, deydi murabbiy.
© Federatsiya Futbola UzbekistanaUzbekistan - Shri Lanka 3:0
Uzbekistan - Shri Lanka 3:0 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Uzbekistan - Shri Lanka 3:0
Shri-Lanka terma jamoasi bosh murabbiyi Muhammad Hassan so‘zlariga ko‘ra, Shri-Lanka jamoasiga qarshi Osiyoning gigantlari maydonga tushishdi.
“O‘zbekiston bizdan ancha kuchliligini bilardik. Lekin oxirigacha rejamizdan chekinmaslikka harakat qildik. So‘nggi daqiqalargacha kurash olib borgan shogirdlarimga rahmat aytmoqchiman. Ayniqsa, darvozabonimiz ajoyib o‘yin ko‘rsatib, bir necha bor xavfli vaziyatlarni bartaraf etdi. Bundan tashqari, shuni alohida aytishim kerak — bu yerdagi muxlislar meni hayron qoldirdi. Bunaqa atmosferada futbol o‘ynash har doim yoqimli hisoblanadi”, deydi Muhammad Hassan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston jamoasi navbatidagi o‘yinini 11-iyunda Maldiv orollari terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
© Federatsiya Futbola UzbekistanaUzbekistan - Shri Lanka 3:0
Uzbekistan - Shri Lanka 3:0 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Uzbekistan - Shri Lanka 3:0
Yangiliklar lentasi
0