https://oz.sputniknews.uz/20220609/garb-rossiya-25155222.html
Bloomberg G‘arbning Rossiyaga qarshi siyosati nega muvaffaqiyatsizlikka uchraganini oshkor qildi
Bloomberg G‘arbning Rossiyaga qarshi siyosati nega muvaffaqiyatsizlikka uchraganini oshkor qildi
Sputnik O‘zbekiston
Maqolada qator Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlari Rossiya maxsus operatsiyasini tanqid qilishdan bosh tortishgani eslatilgan. 09.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-09T12:54+0500
2022-06-09T12:54+0500
2023-04-05T18:37+0500
dunyoda
g‘arb
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/0b/21755676_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_ef5b2724a2c709cf2c3176a6971d2121.jpg
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Qator dunyo mamlakatlarining Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasini tanqid qilishdan bosh tortgani AQSh va uning ittifoqchilari siyosatining muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga sabab bo‘ldi. Bunday fikr “Bloomberg” agentligi chop qilgan maqolada bildirilgan.Maqola mualliflari qator Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlari Rossiya maxsus operatsiyasini tanqid qilishdan bosh tortishganini eslatgan. Xususan, BTM Bosh assambleyasida Rossiya maxsus operatsiyasini qoralalashga qarshi 5 ta davlat ovoz bergan, yana 35 ta mamlakat, jumladan, Xitoy, Hindiston, JAR betaraf qolganAgentlik buni G‘arb mamlakatlarining “jiddiy xatosi” deb atagan. Shu bilan birga, maqola mualliflari Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Rossiyaga nisbatan siyosati sababini ma’lum qilishgan. Ularning fikricha, Rossiya qurol-yarog‘larining yetkazib berilishi, Xitoy investitsiyalari va AQShning ularga mensimasdan munosabatda bo‘lishi ko‘plab mamlakatlarda Amerika bilan ittifoqchilikning istiqboli yo‘q degan fikrni keltirib chiqargan.Mualliflar yuzaga kelgan vaziyat butun dunyo bo‘ylab tendensiyaga aylanib borayotganini qayd etishgan.“Pekin ko‘plab qashshoq mamlakatlarga koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berdi. Rossiya Hindiston va Afrikaning katta qismiga muhim qurol yetkazib beruvchi hamda asosiy don va o‘g‘it yetkazib beruvchi davlat hisoblanadi. Na Moskva, na Pekin inson erkinligi va huquqlari haqida haddan ziyod savol beradi”, - deyiladi xabarda.Mavzuga oid:
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/0b/21755676_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_727e36041c4ec4a349fea7ebf94dc2bf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
dunyoda, g‘arb, rossiya
Bloomberg G‘arbning Rossiyaga qarshi siyosati nega muvaffaqiyatsizlikka uchraganini oshkor qildi
12:54 09.06.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Maqolada qator Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlari Rossiya maxsus operatsiyasini tanqid qilishdan bosh tortishgani eslatilgan.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Qator dunyo mamlakatlarining Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasini tanqid qilishdan bosh tortgani AQSh va uning ittifoqchilari siyosatining muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga sabab bo‘ldi. Bunday fikr “
Bloomberg” agentligi chop qilgan maqolada bildirilgan.
Maqola mualliflari qator Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlari Rossiya maxsus operatsiyasini tanqid qilishdan bosh tortishganini eslatgan. Xususan, BTM Bosh assambleyasida Rossiya maxsus operatsiyasini qoralalashga qarshi 5 ta davlat ovoz bergan, yana 35 ta mamlakat, jumladan, Xitoy, Hindiston, JAR betaraf qolgan
Agentlik buni G‘arb mamlakatlarining “jiddiy xatosi” deb atagan. Shu bilan birga, maqola mualliflari Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Rossiyaga nisbatan siyosati sababini ma’lum qilishgan. Ularning fikricha, Rossiya qurol-yarog‘larining yetkazib berilishi, Xitoy investitsiyalari va AQShning ularga mensimasdan munosabatda bo‘lishi ko‘plab mamlakatlarda Amerika bilan ittifoqchilikning istiqboli yo‘q degan fikrni keltirib chiqargan.
Mualliflar yuzaga kelgan vaziyat butun dunyo bo‘ylab tendensiyaga aylanib borayotganini qayd etishgan.
“Pekin ko‘plab qashshoq mamlakatlarga koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berdi. Rossiya Hindiston va Afrikaning katta qismiga muhim qurol yetkazib beruvchi hamda asosiy don va o‘g‘it yetkazib beruvchi davlat hisoblanadi. Na Moskva, na Pekin inson erkinligi va huquqlari haqida haddan ziyod savol beradi”, - deyiladi xabarda.