Kasanachilikni rag‘batlantirish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishProizvodstvo odejdi
Proizvodstvo odejdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Obuna bo‘lish
Kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismi, biroq BHMning 10 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratish taklif qilinmoqda.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda kasanachilik tashkil etgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish rejalashtirilmoqda. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Prezidentning "Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2022-yil 21-apreldagi PQ-214-son qaroriga muvofiq loyiha bilan 2022-yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvarga qadar quyidagilar taklif qilinmoqda:
Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratish;
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan tadbirkorlik subyektlariga "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoki "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"da bo‘lgan va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdori 10 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratish.
Loyiha bilan quyidagilarni tasdiqlash taklif qilinmoqda:
- olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Kasanachilar soliq borasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tenglashtirildi
Yangiliklar lentasi
0