https://oz.sputniknews-uz.com/20220609/ozbekistonlik-gimnastikachilar-moskvada-beshta-medalni-qolga-kiritdi-25156462.html
Oʻzbekistonlik gimnastikachilar Moskvada beshta medalni qoʻlga kiritdi
Oʻzbekistonlik gimnastikachilar Moskvada beshta medalni qoʻlga kiritdi
Moskvada boʻlib oʻtgan “Kuchlilar turniri”da Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari 5 ta bronza medaliga sazovor boʻldi. 09.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-09T13:50+0500
2022-06-09T13:50+0500
2022-06-09T13:50+0500
sport
gimnastikachi
moskva
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/09/25152817_0:0:1081:608_1920x0_80_0_0_c8da2ee67d2d429bf737d806f2e9c5e8.jpg
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Badiiy gimnastika boʻyicha “Kuchlilar turniri” musobaqasining birinchi bosqichida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari 5 ta bronza medaliga sazovor boʻldi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.Musobaqa Moskvadagi Irina Viner-Usmanova gimnastika saroyida boʻlib oʻtdi. Unda gimnastikachilar Osiyo chempionati oldidan oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazdi.Shuningdek, mazkur yoʻnalishda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari Mila Boturina toʻrtinchi, Yekaterina Fetisova esa oltinchi oʻrinni egalladi.Yosmina alohida mashqlar dasturida xalqa va tasmadagi chiqishlari bilan ham shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi. Tokio-2020 ishtirokchisi Yekaterina Fetisova bulava mashqida, qolaversa, Viktoriya Neskubo, Iroda Sodiqova, Diyora Baxtiyorova, Mubina Kamolova, Yasmin Mirzayarova, Dominika Damirovadan iborat qizlar jamoaviy dasturda uchinchi natijani qayd etishdi.“Taʼkidlash joiz, bu turnir 23-26 iyun kunlari Tailandda oʻtkaziladigan Osiyo chempionati oldidan gimnastikachilarimizning sport formasi va tayyorgarligini koʻzdan kechirib olish uchun ayni muddao boʻldi”, - deyiladi xabarda,
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/09/25152817_0:0:1081:810_1920x0_80_0_0_2d8b198e045817a30aa834384c5fd712.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
gimnastikachi, moskva
Oʻzbekistonlik gimnastikachilar Moskvada beshta medalni qoʻlga kiritdi
Moskvada boʻlib oʻtgan “Kuchlilar turniri”da Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari 5 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Badiiy gimnastika boʻyicha “Kuchlilar turniri” musobaqasining birinchi bosqichida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari 5 ta bronza medaliga sazovor boʻldi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati
xabar berdi. Musobaqa Moskvadagi Irina Viner-Usmanova gimnastika saroyida boʻlib oʻtdi. Unda gimnastikachilar Osiyo chempionati oldidan oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazdi.
Yosmina Rahimova musobaqa doirasida koʻpkurash dasturida bronza medalini qoʻlga kiritdi. U faqat rossiyalik opa-singil Dina va Arina Averinalarga imkoniyatni boy berdi, xolos.
Shuningdek, mazkur yoʻnalishda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari Mila Boturina toʻrtinchi, Yekaterina Fetisova esa oltinchi oʻrinni egalladi.
Yosmina alohida mashqlar dasturida xalqa va tasmadagi chiqishlari bilan ham shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi. Tokio-2020 ishtirokchisi Yekaterina Fetisova bulava mashqida, qolaversa, Viktoriya Neskubo, Iroda Sodiqova, Diyora Baxtiyorova, Mubina Kamolova, Yasmin Mirzayarova, Dominika Damirovadan iborat qizlar jamoaviy dasturda uchinchi natijani qayd etishdi.
“Taʼkidlash joiz, bu turnir 23-26 iyun kunlari Tailandda oʻtkaziladigan Osiyo chempionati oldidan gimnastikachilarimizning sport formasi va tayyorgarligini koʻzdan kechirib olish uchun ayni muddao boʻldi”, - deyiladi xabarda,