Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari YeOII kengayishiga baho berdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishZasedanie Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta stran YeAES
Zasedanie Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Obuna bo‘lish
Aleksey Overchuk kelajakda ilgari hech qachon SSSR tarkibiga kirmagan davlatlar payti kelib YeOII a’zolari bo‘lishlari mumkinligini aytdi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Kelajakda ilgari SSSR tarkibiga kirmagan mamlakatlar ham Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo bo‘lishlari mumkin. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOIIga asosiy maqsadi Yevroosiyoda o‘zaro mos keladigan iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish bo‘lgan integratsiya birlashmasiga munosabatda bo‘lgandek munosabatda bo‘lish kerak. Ittifoq unga a’zo mamlakatlarning mustaqilligiga hurmat bilan qaraydi.

“Shu bois, agar ilgari hech qachon SSSR tarkibiga kirmagan davlatlar payti kelib YeOII a’zolari bo‘lishsa, ajablanmaslik kerak”, - dedi Overchuk “Qozog‘iston va Rossiya. YeOII doirasida hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari” mavzusidagi konferensiyada. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi. Ittifoq 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.
Shavkat Mirziyoyevning YeOII oliy iqtisodiy kengashida so‘zlagan nutqi
YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0