Rossiya yangi dunyo qurmoqda. G‘arb esa eskisini vayron qilish bilan mashg‘ul

© Sputnik / Aleksei Kudenko / Mediabankka o‘tishBoysi Narodnoy militsii DNR podnimayut gosudarstvenniy flag Doneskoy narodnoy respubliki v Volnovaxe
Boysi Narodnoy militsii DNR podnimayut gosudarstvenniy flag Doneskoy narodnoy respubliki v Volnovaxe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Obuna bo‘lish
Biror nimaning yangisini qurish uchun, avval eskisini yo‘qotish kerak. G‘arb o‘z qo‘llari bilan eski dunyo tarbini vayron qilish bilan band bo‘lgan vaqtda, Rossiya yangi dunyo qurishga kuch sarflamoqda.
Har kuni nafaqat ozod bo‘lgan hududlar- birinchi navbatda, DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarining- tinch hayotga qaytayotgai, balki u yerda turmushning Rossiyaga birgalikda va hamohang yangi bosqichga ko‘tarilayotgani haqida ma’lumotlar juda ko‘p ko‘zga tashlanyapti.
Mariupol porti o‘z ishini tikladi, shu bilan birga harbiy harakatlardan katta zarar ko‘rgan shaharni tiklash uchun Rossiya, shuningdek Favqulodda vaziyatlar vazirligi juda ko‘p kuch sarflamoqda.
Ozod etilgan Zaporojye viloyatining vaqtinchalik poytaxti - Melitopolda maktablar yangi o‘quv yilidan besh ballik sistemada rus tilidagi ta’lim tizimiga o‘tadi. U yerda 12-iyun, Rossiya kunida viloyat aholisiga Rossiya fuqarosi pasportlari topshiriladi.
Sergey Shoygu Rossiya, Donbass, Ukraina va Qrim o‘rtasidagi temir yo‘l aloqalarining qayta ishga tushirilgani haqida ma’lum qildi. Shuningdek, vazir Mariupol, Berdansk, va Xersonga yuk yetkazib berish allaqachon boshlanganini qo‘shimcha qildi. Ozod etilgan hududlarning rubl tizimi va Rossiya mobil aloqalari va internetiga o‘tgani allaqachon hammaga ma’lum. Rossiya yuqori mansabdor shaxslarining respublikalarga, Xerson va Melitopolga tashriflari odatiy holga aylandi. Harbiy-fuqaroviy ma’muriyat Zaporoj viloyatining Rossiya tarkibiga kirishi borasida referendumga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi.
Bular kundan-kunga ko‘payib borayotgan axborotlarning juda kichik tafsilotlari xolos.
Bu albatta bizning Vatanimiz bilan yana bir bor faxrlanishimizga sabab. Eng yaxshi milliy an’analariga sodiq qolgan holda, qayerga bormasin, Rossiya ko‘mak berish, bunyod etish, tiklash va rivojlantirish taashabbuslarini boshlab yuboradi.
Biroq, sodir bo‘layotgan voqealarning yaqqol ko‘zga tashlanmaydigan, biroq anchayin ahamiyatli jihati ham bor.
Biz dunyo tizimlari chuqur transformatsiyasining xavfli davrida yashayapmiz. Ko‘z o‘ngimizda tashkilotlar tanazzulga yuz tutapti, deyarli sakkiz o‘n yilliklar davomida insoniyat sivilizatsiyasi uchun asosiy bo‘lgan jarayonlar to‘xtayapti. Tizimli inqiroz sohalarni tobora ko‘proq qamrab olmoqda, dunyo kelajagi haqidagi prognozlar esa yanada qo‘rqinchli ko‘rinadi.
Shunga qaramay, mamlakatimizga nisbatan adovat his qilib yurganlar ham Rossiya bo‘layotgan jarayonlarda o‘zini ishonch bilan mustahkam tutayotganini, qiyin vaziyatdan global g‘olib sifatida namoyon bo‘layotganini tan olishadi. Bu holat esa ozod qilingan hududlarda kechayotgan jarayonlar bilan bevosita bog‘liq, degan jiddiy shubha bor.
Bir qutbli dunyo eskirgani, global tizim tanazzulga uchragani, AQSh (va umuman G‘arb) gegemonlik mavqesini nomaqbul tarzda suiste’mol qilayotgani sababli real haqiqatga mos, yangi hayot qurish kerakligi haqida bir necha yillardan buyon ko‘p gapiriladi.
Ma’lumki, nimanidir yangisini qurish uchun, avval eskisini yo‘qotish kerak. Biroq, eskisini vayron qilish ham ko‘p resurs va kuch talab qilishi haqida deyarli o‘ylamaymiz ham. Vayron qilayotganingiz boshingizga tushib sizni ham vayron qilmasligi uchun xavfsizlik choralari ko‘rish kerak.
So‘nggi paytlarda AQSh va Yevropaning Rossiyani “qoidalarga asoslangan dunyo tartibini” buzganlikda ayblashlari oddiy holga aylandi.
Agar vaziyatga real qaraydigan bo‘lsak, Moskva hech qachon vayronkorlik uchun resurs sarflamagan. Yigirma yillar oldin u, iloji bo‘lsa eskirgan dunyo tizimi bilan to‘qnash kelmasdan shunchaki yangisini bunyod etish strategiyasini tanlagan. O‘sha paytda esa eskirgan dunyo tizimi tanazzulga yo‘l tutayotgan, yangi tuzilmalar, jarayonlarning ta’siri va kuchi o‘sishni boshlagan edi.
Masalan, Rossiya tashabbusi bilan tashkillashtirilgan BRIKS, ShHT, KXShT va ko‘plab boshqa tashkilotlar yillar davomida istehzo mavzusiga aylangan edi. Albatta, Buyuk Potrning “ermak” polklari ham katta kuchga aylanishidan oldin ularning ustidan ham kulishgan edi.
Eski dunyo tarbining vayron qilish bilan esa G‘arbning o‘zi yaxshi shug‘ullanib kelyapti. Ajablanarlisi shundaki, u o‘z fikrida o‘zi asosiy manfaatdor bo‘lgan tizimni qattiq himoya qiladi, lekin oxir-oqibat uning halokatini tezlashtiradi. Ayniqsa, sanksion jazava bunga yaxshi dalil bo‘ladi.
Albattaki, yo‘qolayotgan eski va paydo bo‘layotgan yangi tartibning to‘qnashuvisiz hech narsa bo‘lmaydi. Xususan, Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya aynan mana shu to‘qnashuv bo‘ldi. G‘arb vaziyatni Rossiya aslo o‘tishga yo‘l qo‘ymadigan chiziqqa olib keldi.
Shunda ham Moskva o‘ziga sodiq qoldi. Yevropa va AQSh Kiyev elitalari bilan birgalikda Ukrainani vayron etishda, “asosiysi Putin g‘alaba qilmasin” shiori bilan o‘z iqtisodiyotini halokatga olib kelishda davom etar ekan, Rossiya o‘z resusrlarini ozod bo‘lgan hududlarni qayta tiklash uchun sarflashni afzal biladi.
Kimning strategiyasi samaraliroq ekanini vaqt ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0