Jamiyat

Samarqandda 100 yoshli nok daraxtlariga “Davlat tabiat yodgorligi” maqomi berildi

© Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiSamarqandda 100 yoshli nok daraxtlariga “Davlat tabiat yodgorligi” maqomi berildi
Samarqandda 100 yoshli nok daraxtlariga “Davlat tabiat yodgorligi” maqomi berildi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻrmon malikasi navli nok koʻchatlari 1900 yillarda Rossiyadan olib kelingan.
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Samarqandda 100 yoshli nok daraxtlariga “Davlat tabiat yodgorligi” maqomi berildi. Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar qildi.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari Samarqand tumanidagi Gulbogʻ mahallasida joylashgan bogʻni koʻzdan kechirishdi.
Oʻrganishlar natijasida 110 tup oʻrmon malikasi navli nok daraxtlariga maqom berish boʻyicha xulosa qilindi.
© Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiSamarqandda 100 yoshli nok daraxtlariga “Davlat tabiat yodgorligi” maqomi berildi
Samarqandda 100 yoshli nok daraxtlariga “Davlat tabiat yodgorligi” maqomi berildi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2022
Samarqandda 100 yoshli nok daraxtlariga “Davlat tabiat yodgorligi” maqomi berildi
Aytilishicha, 1900 yillarda Samarqand tumanidagi Gulbogʻ mahallasining 5 gektarli yer maydoniga Rossiyadan oʻrmon malikasi navli nok koʻchatlari keltirib ekilgan.
Hozirda ushbu bogʻning 2 gektar yer maydonida 110 tup 100 yosh va undan katta boʻlgan nok daraxtlari saqlab qolingan. Qolgan 3 gektar yer maydonga qaytadan shu turdagi 1200 tup nok koʻchatlari ekilgan.
Yangiliklar lentasi
0