Shveysariya hayvonot bog‘ida albinos toshbaqa dunyoga keldi - foto

© AFP 2023 / FABRICE COFFRINICherepaxa-albinos
Cherepaxa-albinos - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Obuna bo‘lish
Ushbu turdagi toshbaqalarning har qanday tug‘ilishi noyob hodisa hisoblanadi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Shveysariyadagi Servion hayvonot bog‘ida ilgari hech qachon ko‘rilmagan Galapagos gigant toshbaqasining albinos bolasi paydo bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon jahon axborot agentliklariga tayanib xabar berdi.
May oyida hayvonot bog‘ida 2 ta galapagos toshbaqasi dunyoga keldi. Ularning biri oddatiy qora rangda bo‘lsa, ikkinchisi sariq rangda tug‘ildi.
© AFP 2023 / FABRICE COFFRINICherepaxa-albinos
Cherepaxa-albinos - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Cherepaxa-albinos
Kichkintoyning ko‘zlari qizil, tanasi, sovut va qorin qalqon qismi esa sariq rangda. Albinos toshbaqa tug‘ilishi kamob hodisa bo‘lgani uchun, u barchaning e’tiboriga tushdi.
Hayvonot bog‘i vakillari bunday turdagi toshbaqaning tutqunlikda tug‘ilishi va u galapagos turdagi albinos toshbaqa bo‘lganini ikki karra mo‘’jiza deb hisoblashmoqda.
© AFP 2023 / FABRICE COFFRINICherepaxa-albinos
Cherepaxa-albinos - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Cherepaxa-albinos
Hayvonot bog‘i bayonotida aytilishicha, bunday holat birinchi marta kuzatilgan.
“Ushbu turdagi toshbaqalarning har qanday tug‘ilishi noyob hodisa hisoblanadi. Agar har 20 ming kishida taxminan bitta albinizm holati uchrasa, toshbaqalarda har 100 mingtaga bitta to‘g‘ri keladi ”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda gigant Galapagos toshbaqasi yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lib, hozirda ularning soni 15 000 dan kamrog‘ni tashkil etmoqda.
© AFP 2023 / FABRICE COFFRINICherepaxa-albinos
Cherepaxa-albinos - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2022
Cherepaxa-albinos
Galapagos toshbaqasi barcha tirik sudralib yuruvchilar orasida o‘ninchi o‘rinda turadi. Voyaga etganlarning vazni 400 kg dan oshadi va ular 200-yilgacha yashaydi. Qolaversa, u bir yilgacha ovqat va suvsiz yashay oladi.
Yangiliklar lentasi
0