https://sputniknews-uz.com/20220609/suv-omoborlari-raqamlashtiriladi-ikkita-kichik-ges-quriladi---prezident-25148131.html
Suv omborlari raqamlashtiriladi, ikkita kichik GES quriladi - prezident
Suv omborlari raqamlashtiriladi, ikkita kichik GES quriladi - prezident
Oʻzbekistonda suv omborlari modernizatsiya qilinadi va yana ikkita kichik gidro elektr stantsiyalari quriladi. 09.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-09T10:40+0500
2022-06-09T10:40+0500
2022-06-09T11:19+0500
jamiyat
prezident
surxondaryo viloyati
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/09/25144870_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_37e5a804b05ad1e532e052019c0491a0.jpg
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 8 iyun kuni boʻlib oʻtgan loyihalar taqdimotida suv omborlarini modernizatsiya qilish, kichik GESlar qurish hamda aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash loyihalari koʻrib chiqildi. Suv omoborlari raqamlashtirilganidan soʻng hamma ish jarayoni “Oʻzbekgidroenergo”ning situatsion-tahlil markaziga onlayn ulanadi. Buning natijasida yiliga qoʻshimcha 120 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.Maʼlumot uchun "Oʻzbekgidroenergo" aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvida ayni damda 6 ta suv omobori bor. xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda har bir suv omborining texnik holati oʻrganib chiqildi va kechiktirib boʻlmaydigan taʼmirlash tadbirlari belgilandi. Unga muvofiq, toʻgʻonlar, suv olish va chiqarish inshootlari taʼmirlanmoqda, nasos agregatlari tiklanadi.Undan tashqari, Surxondaryo viloyati Termiz shahri aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida Toʻpalang suv omboridan tarmoq tortilmoqda. Bugungacha 47 kilometr quvur tortilib, ichimlik suvi Sariosiyo markazigacha olib borildi. Yil yakunigacha Denov va Shoʻrchi tumanlariga yetkazish rejalashtirilgan.Eslatib oʻtamiz, 2021 yilda qabul qilingan dasturga koʻra, Oʻzbekistonda 2022 - 2026 yillar davomida bir nech oʻrta va kichik GESlar quriladi. Ular orasida 400 MVt quvvatli Pskom GESi eng yirigi boʻladi. Shuningdek 7ta 170 MVt li GESlar, 12ta 150 MVt GESlar qurilishi rejalashtirilgan.
surxondaryo viloyati
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/09/25144870_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_1675822a582b2874efddcd14d62f9e70.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
prezident, surxondaryo viloyati
Suv omborlari raqamlashtiriladi, ikkita kichik GES quriladi - prezident
10:40 09.06.2022 (yangilandi: 11:19 09.06.2022) Oʻzbekistonda suv omborlari modernizatsiya qilinadi va yana ikkita kichik gidro elektr stantsiyalari quriladi.
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 8 iyun kuni boʻlib oʻtgan loyihalar taqdimotida suv omborlarini modernizatsiya qilish, kichik GESlar qurish hamda aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash loyihalari koʻrib chiqildi.
Majlisda prezident respublikadagi barcha suv omborlarini modernizatsiya qilish orqali xavfsizligini oshirish, jumladan kosmik monitoring orqali ham, gidromexanik uskunalar va oʻlchov qurilmalarini yangilab, tizimni raqamlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Suv omoborlari raqamlashtirilganidan soʻng hamma ish jarayoni “Oʻzbekgidroenergo”ning situatsion-tahlil markaziga onlayn ulanadi. Buning natijasida yiliga qoʻshimcha 120 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Maʼlumot uchun "Oʻzbekgidroenergo" aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvida ayni damda 6 ta suv omobori bor. xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda har bir suv omborining texnik holati oʻrganib chiqildi va kechiktirib boʻlmaydigan taʼmirlash tadbirlari belgilandi. Unga muvofiq, toʻgʻonlar, suv olish va chiqarish inshootlari taʼmirlanmoqda, nasos agregatlari tiklanadi.
Shuningdek, Hisorak va Ohangaron suv omborlarida yillik 22 million kilovatt soat quvvatli 2 ta yangi kichik GES quriladi. Ushbu GESlar qurilishiga xususiy sektor ham jalb qilinadi.
Undan tashqari, Surxondaryo viloyati Termiz shahri aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida Toʻpalang suv omboridan tarmoq tortilmoqda. Bugungacha 47 kilometr quvur tortilib, ichimlik suvi Sariosiyo markazigacha olib borildi. Yil yakunigacha Denov va Shoʻrchi tumanlariga yetkazish rejalashtirilgan.
Loyihaga koʻra, bir kecha-kunduzda 200 ming kub metr suv tozalash inshooti, qariyb 400 kilometr magistral quvur tortiladi. Natijada hudud aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash 90 foizga yetadi.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yilda qabul qilingan dasturga koʻra, Oʻzbekistonda 2022 - 2026 yillar davomida bir nech oʻrta va kichik GESlar quriladi. Ular orasida 400 MVt quvvatli Pskom GESi eng yirigi boʻladi. Shuningdek 7ta 170 MVt li GESlar, 12ta 150 MVt GESlar qurilishi rejalashtirilgan.