https://oz.sputniknews-uz.com/20220609/tanzila-norboeva-amina-muhammad-bilan-uchrashdi-25149070.html
Tanzila Norboyeva Amina Muhammad bilan uchrashdi
Tanzila Norboyeva Amina Muhammad bilan uchrashdi
BMT Bosh kotibining oʻrinbosari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. 09.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-09T11:24+0500
2022-06-09T11:24+0500
2022-06-09T11:39+0500
jamiyat
tanzila norboyeva
bmt
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/09/25150812_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_56b7ae2c480c69440f1ee65b2a275c11.jpg
TOSHKENT, 9 iyun - Sputnik.Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi birinchi oʻrinbosari Amina Muhammad bilan uchrashdi. Bu haqida Senat matbuot xizmati xabar qilmoqda. Muloqot davomida Oʻzbekiston va BMT hamda parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Senat raisi mehmonni Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.Muloqot jarayonida 2021 yilning 23-24 iyun kunlari Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bagʻishlangan xalqaro forum oʻtkazilganiga toʻxtalib oʻtildi.Amina Muhammad soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlarga toʻxtalib, ushbu holatlar xalqaro doirada keng eʼtirof etilayotganini aytib oʻtdi. Ayniqsa, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi sifatida faol ish olib borayotganini alohida qayd etdi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/09/25150812_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a281ed57618881f7f3ee40d8443accfb.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
tanzila norboyeva, bmt
Tanzila Norboyeva Amina Muhammad bilan uchrashdi
11:24 09.06.2022 (yangilandi: 11:39 09.06.2022) BMT Bosh kotibining oʻrinbosari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
TOSHKENT, 9 iyun - Sputnik.Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi birinchi oʻrinbosari Amina Muhammad bilan uchrashdi. Bu haqida Senat matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Muloqot davomida Oʻzbekiston va BMT hamda parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Senat raisi mehmonni Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.
Yaxshi qoʻshnichilik aloqalari, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash doirasida yaratilayotgan shart-sharoitlar, inson huquqlarini himoya qilish, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish, qonunchilikni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar natijalari mehmonda katta qiziqish uygʻotdi.
Muloqot jarayonida 2021 yilning 23-24 iyun kunlari Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bagʻishlangan xalqaro forum oʻtkazilganiga toʻxtalib oʻtildi.
Amina Muhammad soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlarga toʻxtalib, ushbu holatlar xalqaro doirada keng eʼtirof etilayotganini aytib oʻtdi. Ayniqsa, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi sifatida faol ish olib borayotganini alohida qayd etdi.