Jamiyat

Urush faxriylari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga har oy qoʻshimcha pul beriladi

© Sputnik / Vladimir Akimov / Fotobankka oʻtishUzbekskiye stariki iz Kokanda
Uzbekskiye stariki iz Kokanda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qoʻshimcha toʻlov bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari, kiyim-kechak va poyabzallar oʻrniga toʻlab beriladi.
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Urush faxriylari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga har oy qoʻshimcha pul beriladi. Bu boʻyicha 8 iyun kuni prezident qarori qabul qilindi.
Ushbu hujjat urush faxriylari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning shaffof va samarali mexanizmlarini joriy etish maqsadida qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, quyidagilarga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlab boriladi:
1941-1945 yillardagi urush faxriylari;
Kontslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari;
Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolar;
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar;
Nogironligi boʻlgan shaxslar.
Ushbu toʻlov bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari oʻrniga toʻlab beriladi.
Shuningdek, 1941-1945 yillardagi urush faxriylari va fashistlar kontslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga kiyim-kechak xaridi uchun har yili avgust oyida bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida toʻlanadigan kompensatsiya joriy etiladi.
Toʻlov bepul yetkazib beriladigan zarur kiyim-kechak va poyabzallar oʻrniga amalga oshiriladi.
Bunda, toʻlovlar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan pensiyalarni va nafaqalarni tayinlashga masʼul boʻlgan tashkilotga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar yoki nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0