G‘arb va Rossiya munosabatlarida Potr I davridan buyon hech narsa o‘zgarmagan - Putin

© Sputnik / Mixail Metsel / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel vstrechu s molodimi predprinimatelyami, injenerami i uchonimi
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s molodimi predprinimatelyami, injenerami i uchonimi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2022
Obuna bo‘lish
Potr I 350-yil oldin shimoliy hududlarni qaytarish uchun uchun Shvetsiya bilan 21-yil davomida kurash olib borgan, davlatni kuchaytirgan. Bizning ham boshimizga ana shunday taqdir tushgan. Biz ham suverenitetni saqlab qolish uchun kurash olib borishimiz kerak - Putin.
TOShKENT, 10-iyun - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin VDNX bog‘ida yosh tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya tarixi, bugungi kuni hamda kelajagi haqidagi savollarga javob berdi.
Prezident aytishiga ko‘ra, Rossiyada 10-yildan so‘ng hayot sezilarli darajada yaxshilanadi. Faqat buning uchun demografik vaziyatni yaxshilash, aholi salomatligi, ekologiya, yangi va istiqbolli texnologiyalar (big data va kvant texnologiyalari) sohalarini rivojlantirish kerak.
© Sputnik / Mixail Metsel / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel vstrechu s molodimi predprinimatelyami, injenerami i uchonimi
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s molodimi predprinimatelyami, injenerami i uchonimi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2022
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s molodimi predprinimatelyami, injenerami i uchonimi
"Biz yangi vakolatlarga ega bo‘lishimiz va barcha sohalarda yetakchi bo‘lishimiz uchun harakat qilishimiz kerak va bu oxir-oqibat hayot sifatining yaxshilanishiga olib kelishi kerak", - dedi Putin.

Birinchi vazifa

Davlat rahbari, demografiyani mamlakat uchun ustuvor vazifa deb atadi.
"Bizda ko‘proq odamlar bo‘lishi kerak va ular sog‘lom bo‘lishi kerak", dedi Putin.
“Buning uchun bir qator masalalarni hal qilish kerak: tibbiyotni rivojlantirish, tibbiy asbob-uskunalar bazasi, farmatsevtika, zamonaviy dori vositalari hamda end-to-end texnologiyalari, kvant texnologiyalari, katta ma’lumotlar”, - dedi prezident.
Prezident aytishiga ko‘ra Rossiyani har doim "AYoQSh davlat" deb haqorat qilishga urinishmoqda, ammo Rossiyada g‘ururlanishga arziydigan narsalar ham ko‘p. Masalan Rossiyada ko‘plab mamlakatlarda mavjud bo‘lmagan ilog‘or ta’lim an’analari bor.
“Bizda ajoyib ilmiy maktablar, jumladan, matematik maktablar ham bor. Bu sohalarning barchasida esa yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud albatta, lekin buni amalga oshirish uchun bizda imkoniyat bor”, - dedi u.

Rossiya iqtisodiyotining kelajagi

Rossiya o‘z iqtisodiyotini yopib qo‘yish va mamlakat "atrofini balan devor bilan o‘rab olish" niyatida emas.
“Bizda yopiq iqtisodiyot yo‘q edi. Ya’ni, Sovet davrida, biz o‘zimizni o‘zimiz "temir parda" bilan cheklab tashladik. Biz uni o‘z qo‘llarimiz bilan yaratdik. Lekin bugun biz bu xatoga yo‘l qo‘ymoqchi emasmiz", — dedi Putin.
“Bizning iqtisodiyotimiz ochiq bo‘ladi. Kim xohlamasa, o‘zini o‘zi bankrot qiladi va allaqachon qilmoqda", - dedi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari Rossiyani global inflyatsiya o‘sishi, o‘g‘itlar va energiya resurslari narxi oshishida ayblamoqchi. Biroq, Rossiyaning "bunga hech qanday aloqasi yo‘q, bu narsalar bugungi voqealardan oldin G‘arbning uzoq vaqt davomida sodir etgan xatolari tufayli sodir bo‘ldi".
Prezidentning ishonchi komilki, Rossiya “shunday rivojlanishi kerakki, u rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarida hech kimga qaram bo‘lmasin”.
Shuningdek, u jamiyatning umumiy muammolarni hal qilish uchun birlasha olishi muhimligini qayd etdi. "Agar jamiyatda birdamlik bo‘lmasa, hamma narsa buziladi", deb hisoblaydi davlat rahbari.
© Sputnik / Mixail Metsel / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel vstrechu s molodimi predprinimatelyami, injenerami i uchonimi
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s molodimi predprinimatelyami, injenerami i uchonimi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2022
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s molodimi predprinimatelyami, injenerami i uchonimi
Barcha cheklovlarga javob "qarorlar qabul qilishning so‘zsiz deburokratizatsiyasi bo‘lishi mumkin va bo‘lishi kerak".

Rossiya Federatsiyasini tark etgan kompaniyalar haqida

Rossiya bozorini tark etgan xorijiy kompaniyalar o‘z qarorlaridan pushaymon bo‘lishadi, deb hisoblaydi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti.
“Bugungi sharoitda kimdir bu yerdan qochib ketsa, faoliyatini to‘xtatish yo‘lini tanlagan bo‘lsa - pushaymon bo‘ladi. Bu tahdid emas. Biz hech kimga tahdid qilmaymiz”, — dedi Putin.
"Ular bundan pushaymon bo‘lishadi, chunki Rossiya katta salohiyatga ega davlat", - dedi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab kompaniyalar ketiganidan afsusda.
Putin buni "suveren qarorlar qabul qila olmaydigan ushbu mamlakatlarning ichki holati"ning ko‘rinishi deb atadi va Rossiya kelajakka qarashi kerak bo‘lgan suveren davlat ekanligini ta’kidladi.
Prezidentning fikricha, zamonaviy dunyoda davlatlar yo suveren yoki birovga mustamlaka bo‘lishi mumkin, oraliq davlat bo‘lishi mumkin emas.

Ular Rossiyaga qanday "zarba" bermoqchi

Putin Rossiyaga zarbaning asosiy yo‘nalishi mikroelektronikadagi cheklovlar ekanligini aytdi.
“Hukumatimiz bir necha yillardan beri Rossiyada yangi asosda mikroelektronika sanoatini ishga tushirish, qayta yaratish va yaratishga harakat qilmoqda. Bu murakkab mavzulardan biri, qiyin va Rossiyaga barcha cheklovchi choralardan hujum qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biridir ", dedi prezident.
Uning ta’kidlashicha, boshqa davlatlarning Rossiyaning yangi texnologiyalarni qo‘lga kiritishni cheklash istagi butun tarix davomida bo‘lgan. Potr I davri ham bunga yaqqol misol.
"O‘sha vaqtda kema qurish texnologiyalari ham yashirin bo‘lgan. Potr I o‘zi Yevropaga borib, u yerda duradgor bo‘lib ishlagan va barchasini o‘rganib kelgan", deydi davlat rahbari.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya o‘zini himoya qilishi uchun asrlar davomida jang qilishiga to‘g‘ri kelgan.

“O‘zimizni himoya qilishimiz, kurashishimiz kerakligi, bu aniq. Hozir biz Buyuk Potrning 350-yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ko‘rdik. O‘shandan buyon deyarli hech narsa o‘zgarmadi. O‘zingiz ham ushbu tushunchaga kelasiz. Buyuk Potr 21-yil davomida Shvetsiya bilan Shimoliy hududlarni qaytarish uchun urush olib borgan, davlatni kuchaytirgan edi”, dedi Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sankt-Peterburg qurilgand Yevropa davlatlaridan hech biri bu hududni Rossiya deb tan olmagan. “Hamma uni Shvetsiyaning yeri derdi. Lekin u yerda qadimdan fin-ugor xalqlari bilan bir qatorda slavanlar ham yashagan ”, dedi Putin.
“Ko‘rinib turibdiki, hududlarni qaytarish va kuchayish ham bizning qismatimizga tushgan. Va agar biz asosiy qadriyatlar (suverenitet) bizning mavjudligimiz asosini tashkil etishidan kelib chiqadigan bo‘lsak, biz oldimizda turgan vazifalarni hal qilishda albatta muvaffaqiyat qozonamiz ", - dedi Putin.
© Sputnik / Mixail Metsel / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin posetil multimediynuyu vistavku "Potr I. Rojdenie imperii"
Prezident RF V. Putin posetil multimediynuyu vistavku Potr I. Rojdenie imperii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2022
Prezident RF V. Putin posetil multimediynuyu vistavku "Potr I. Rojdenie imperii"
Yangiliklar lentasi
0