Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Kimlarga qizil goʻsht isteʼmol qilish mumkin emas

Myaso - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Nutritsiolog shifokor aytishiga koʻra yurak va jigar kasalliklari bor insonlarga qizil goʻsht isteʼmol qilish mumkin emas.
Shifokor-nutritsiolog Roksanna Eksaniniing Eat This, Not That portaliga maʼlum qilishicha, yurak va jigar kasali bilan ogʻrigan bemorlarga qizil goʻsht jiddiy taʼsir koʻrsatadi.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, qizil goʻsht xolesterin miqdorining oshishi, shuningdek, qon bosimi koʻtarilishiga sabab boʻlishi, hatto saraton kasaliga olib kelishi mumkin.
“Baʼzi tadqiqotlar qizil goʻshni koʻp isteʼmol qilish diabet kasalligini rivojlantirishi va umr davomiyligini qisqartirishi mumkinligini tasdiqlaydi”, -deydi nutritsiolog.
Mutaxasssilarning taʼkidlashlaricha, qizil goʻsht mahsulotlari-sosiska, xot-dog, bekon va boshqa oziq-ovqatlar tarkibida tuz koʻpligi sabab qon bosimini oshirishi mumkin
Xolesterin miqdori yuqori boʻlgan odamlarga ham qizil goʻsht isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, ushbu mahsulotni alfa-gal sindromi yaʼni galaktoza molekulalariga allergik taʼsiri bor odamlar ham isteʼmol qilmasligi kerak. Parhezshunos Jonatan Valdesning soʻzlariga koʻra, goʻsht isteʼmol qilgandan soʻng bunday odamlarda toshmalar, koʻngil aynishi, qusish, yurak ogʻrigʻi, ich ketishi, yoʻtal, qon bosimining keskin tushib ketishi va lab, koʻz yoki tomoqning yalligʻlanishiga olib kelishi mumkin.
Va, albatta, yurak, jigar kasalliklarida qizil goʻsht aslo tavsiya etilmaydi. Chunki tarkibida transyogʻlar va oqsillar juda koʻp. Shuningdek, agar oila aʼzolarida toʻgʻri ichak saratoni kuzatilgan boʻlsa, qizil ichak isteʼmol qilish mumkin emas. Chunki bu kasallikka chalinishga asosan qizil goʻsht sabab boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0