Jamiyat

Namanganda chet tillari instituti tashkil etildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishGlobus
Globus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutda oʻquv jarayoni 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi.
TOSHKENT, 10 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti qarori bilan Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tashkil etildi.
Institutda oʻquv jarayoni 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi.
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan 4 ta koʻnikmani baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladi.
Chet tili boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikati bor abituriyentlarga ushbu fandan ijodiy imtihonsiz maksimal ball beriladi.
Talabalarga ikkita xorijiy til boʻyicha kvalifikatsiya berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan S1 darajadan kam boʻlmagan sertifikatga ega oʻqituvchilariga ularning bazaviy lavozim maoshiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlab boriladi.
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab institutning oʻquv jarayoniga til egasi boʻlgan malakali xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi.
Talabalar oʻquv va ilmiy amaliyotlarini xorijiy davlatlarda oʻtaydilar.
2023 yil 1 yanvarga qadar Ijod maktabi oʻquvchilari uchun “Tarjimonlar klubi”ni tashkil etiladi.
2023 yil 1 yanvarga qadar 1 000 oʻrinli yangi oʻquv bino va 400 oʻrinli talabalar turar joyiniqurish uchun yer uchastkasi ajratiladi.
Olis hududlardan va xorijiy mamlakatlardan kelib dars beradigan professor-oʻqituvchilar institutga yaqin hududda joylashgan koʻp qavatli uy-joylardan xizmat uylari sifatida foydalanadilar.
2023 yildan boshlab institutga doktorantura boʻyicha qabul kvotalari ajratiladi.
Oliy taʼlim dargohi oʻz faoliyatini maʼrifatparvar olim, sharq va gʻarb tillarining bilimdoni Ishoqxon Ibratning yorqin xotirasi hamda nomini abadiylashtirish, viloyatda xorijiy tillarni mukammal egallagan, chuqur bilimga ega boʻlgan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida olib boradi.
Yangiliklar lentasi
0