Dunyoda

Rossiya gaziga embargo kirtish Yevropa iqtisodini vayron qiladi – Orban

© SputnikPremyer-ministr Vengrii Viktor Orban. Arxivnoye foto
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Vengriya bosh vazirining taʼkidlashicha, Rossiyadan gaz yetkazib berishga embargo qoʻyish Yevropa iqtisodiyotini yoʻq qiladi.
TOSHKENT, 10 iyun — Sputnik. Rossiya gazining importiga embargo joriy etilishi Yevropa iqtisodiyotini vayron qiladi, dedi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban “Kossuth Radio”ga bergan intervyusida.
“Yevropa Ittifoqi asta-sekin strategiyasini oʻzgartirishi kerak, chunki inflyatsiya sabab bankrot boʻlamiz. Butun Yevropa bankrot boʻlishidan hech kim manfaatdor emas. Ittifoq neft embargosidan keyin gazga embargo qoʻymoqchi. Rossiyadan gaz yetkazib berishga embargo qoʻyish Yevropa iqtisodiyotini yoʻq qiladi”, deydi Orban.
Uning soʻzlariga koʻra, Vengriya urushni emas, tinchlikni moliyalashtirish tarafdori va shuning uchun u Ukrainaga qurol yetkazib bermayapti.
Maʼlumot uchun, Rossiya Yevropa Ittifoqining eng yirik gaz yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Xususan, YEIga yetkazib beriladigan gazning 40 foizi Rossiya hissasiga toʻgʻri keladi.
Vengriya Turkiya, Bolgariya va Serbiya orqali mamlakatga kiradigan gazning 85 foizini Rossiyadan import qiladi. Avvalroq, Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto Rossiya gazi uzilsa, milliy iqtisodiyot halokatga uchrashi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. Oʻz navbatida, Orban Rossiyaga qarshi shoshilinch sanktsiyalardan ogohlantirdi va ularni atom bombasiga qiyosladi.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri Yevropa Ittifoqi allaqachon Moskvaga qarshi bir nechta sanktsiyalar paketini joriy qilgan. Oxirgi, oltinchi paketda Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti va neft mahsulotlari importiga embargo kiritdi.
Rossiya Yevropa sanktsiyalariga javoban doʻstona munosabatda boʻlmagan davlatlarni (barcha Yevropa Ittifoqi davlatlari, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqalar) gaz uchun rublda toʻlashga majbur qildi. Buning uchun ular “Gazprombank”da hisob ochishlari kerak. Toʻlov yevroda amalga oshiriladi va bank valyutani rublga aylantiradi.
Yangiliklar lentasi
0