Infografika

Terma jamoaning yubiley matchi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻz maydonida 100 - yubiley uchrashuvini oʻtkazdi. Terma jamoaning jami oʻyinlari soni hamda natijalari bilan infografikamizga qarang.
Osiyo Kubogi—2023 saralash bosqichi doirasidagi Oʻzbekiston hamda Shri-Lanka terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv ikkinchisining yirik hisobdagi magʻlubiyati bilan yakunlandi. Oʻzbekistonliklar raqib darvozasiga javobsiz uchta toʻp kiritishdi – 3:0.
Ushbu gʻalabali uchrashuv milliy terma jamoaning oʻz maydonidagi yubiley, 100-oʻyini boʻldi, deb yozadi sport mutaxassisi, 2022 yilgi jahon chempioni tashkiliy qoʻmitasi xodimi Alisher Nikimbayev oʻzining Futbolium Telegram-kanalida.
Umuman olganda, 1994 yilning aprel oyidan buyon oʻyinlar FIFA reytingiga kiritila boshlangan paytdan boshlab Oʻzbekiston terma jamoasi 291 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlsa, shundan 111 tasi raqiblar maydonida, 80 tasi neytral maydonda boʻlib oʻtgan.
Gʻalabalar va magʻlubiyatlar haqida - bizning infografikamizda.
Yangiliklar lentasi
0