AQSh sanksiyalari tufayli yangi "Katta Sakkizlik" paydo bo‘ldi - Volodin

© Press-slujba Gosudarstvennoy Dumi RF / Mediabankka o‘tishPredsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Vacheslav Volodin na plenarnom zasedanii Gosudarstvennoy Dumi RF.
Predsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Vacheslav Volodin na plenarnom zasedanii Gosudarstvennoy Dumi RF.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2022
Obuna bo‘lish
Davlat Dumasi spikeri Volodin AQSh sanksiyalari tufayli yangi "Katta Sakkizlik" paydo bo‘lganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vacheslav Volodinning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar dunyoda Rossiya ishtirokida yangi "Katta sakkizlik" paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratishdi.
“Teng huquqli muloqot va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan davlatlar Rossiya bilan birgalikda yangi “Katta Sakkizlik”ni shakllantirmoqda. Bunday bo‘lishi uchun AQSh o‘z qo‘llari bilan sharoit yaratdi”, - dedi Volodin.
Siyosatchining fikricha, AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada iqtisodiyoti “Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar yuki ostida qulashda” davom etmoqda: joriy yilning birinchi choragida AQShda iqtisodiy o‘sishning pasayish qayd etildi. yalpi ichki mahsulot pasayishi 1,5% va inflyatsiya 1981-yil dekabridan beri eng yuqori darajaga - 8,6% ni tashkil etdi.
"Sanksiya urushlarida ishtirok etmayotgan sakkizta mamlakat - Xitoy, Hindiston, Rossiya, Indoneziya, Braziliya, Meksika, Eron, Turkiya - YaIM miqdori bo‘yicha eski "sakkizlikdan" 24,4 % oldinda", deb yozadi Volodin.
Siyosatchining fikricha, AQSh iqtisodiy nuqtayi nazardan "pastga sho‘ng‘ishda" va dunyoda keskinlik yaratishda davom etmoqda. Amerika o‘z muammolarini boshqalar hisobiga hal qilish uchun hamma ishni qilmoqda, “Bu esa muqarrar ravishda dunyodagi gegemonlikni yo‘qotishga olib keladi”, - deydi Volodin.
G‘arb sanksiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.

Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0