Iqtisod

"Azimut" aviakompaniyasi ilk bor Navoiyga parvozlarni yoʻlga qoʻydi

© Uzbekistan AirportsPervыy polet aviakompanii "Azimut" v gorod Navoi
Pervыy polet aviakompanii Azimut v gorod Navoi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Aviaparvozlar "Moskva — Navoiy — Moskva" yoʻnalishida haftaga bir marotaba amalga oshiriladi.
TOSHKENT 11 iyun - Sputnik. Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasi ilk bor Navoiyga muntazam reyslarni amalga oshirishni boshladi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Airports.
Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasining samolyoti 11 iyun kuni soat 02.00 da bortida yuz nafar yoʻlovchi bilan Navoiy xalqaro aeroportiga qoʻndi. Anʼanaga koʻra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Bu "Azimut" aviakompaniyasining Moskva — Navoiy — Moskva yoʻnalishi boʻyicha birinchi yoʻlovchi reysi boʻldi. Reyslar "Vnukovo" aeroportidan muntazam ravishda SSJ-100 samolyotlarida haftasiga bir marta juma kunlari amalga oshiriladi.
"Azimut" — Krasnodarda va Rostov-na-Donuda joylashgan Rossiya aviakompaniyasidir.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya 14 iyundan boshlab Rossiya hududiga kairib kelayotgan xorijiy fuqarolar uchun koronavirus bilan bogʻliq barcha cheklovlarni bekor qilishini eʼlon qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0