Madaniyat

Davlat Konservatoriyasining bir guruh professor va oʻqituvchilari mukofotlandi

© Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod AsadovKontsert, posvyaщennыy 85 – letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana
Kontsert, posvyaщennыy 85 – letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Davlat konservatoriyasi tashkil etilganining 85 yilligi munosabati bilan prezident 25 nafar professor va oʻqituvchilardan mukofotlash toʻgʻrisida farmon qabul qildi.
TOSHKENT, 11 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat Konservatoriyasining bir guruh professor va oʻqituvchilarini orden va medallar bilan taqdirladi.
Mukofotlarni Bosh vazir Abdulla Aripov Konservatoriya tashkil etilganining 85 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtgan tantanali bayram tadbirida topshirdi.
© Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod AsadovKontsert, posvyaщennыy 85 –letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana
Kontsert, posvyaщennыy 85 –letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2022
Kontsert, posvyaщennыy 85 –letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana
"Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist" faxriy unvoni bilan: Fayziyeva Madina Muxsinovna - maxsus fortepiano kafedrasi mudiri;
"Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan: Abdullayeva Inna Anvarovna - fortepiano ijrochiligi kafedrasi professori, Muxamedova Galina Iminovna - akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori;
"Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi" faxriy unvoni bilan: Galushenko Irina Georgiyevna - musiqa tarixi va tanqidi kafedrasi professori, Mansurov Avaz Maksudovich - B.Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti rektori;
"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan Abduraximova Firuza Ravshanovna - orkestr dirijyorligi kafedrasi professori, Rizayeva Mukadas - akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori;
© Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod AsadovKontsert, posvyaщennыy 85 – letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana
Kontsert, posvyaщennыy 85 – letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2022
Kontsert, posvyaщennыy 85 – letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana
Shuningdek Konservatoriyaning yana uch nafar xodimi "Mehnat shuhrati" ordeni bilan, ikki nafar xodimi II darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni bilan, besh nafar xodimi "Doʻstlik" ordeni bilan, uch nafar xodimi "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan, bir nafar xodimi "Kelajak bunyodkori" medali bilan hamda toʻrt nafar xodimi "Shuhrat" medali bilan mukofotlandi.
Maʼlumot uchun, Toshkent davlat konservatoriyasi 1936 yilda ochilgan. Dastlabki yillarda Moskva konservatoriyasidan Oʻzbekistonga yuborilgan taniqli oʻqituvchilar: Viktor Zukkerman, Lev Danilevich, Yuriy Fortunatovlar ishladilar. Rossiya musiqa arboblarining ikkinchi toʻlqini Ulugʻ Vatan urushi yillarida evakuatsiya paytida Toshkentga kelgan. Bu ushbu taʼlim dargohining shakllanishiga va Oʻzbekistonda musiqa fanining rivojlanishiga xizmat qildi. Bugungi kunda Konservatoriya jahon sahnalarida kuy va qoʻshiqlar ijro etayotgan koʻplab taniqli artistlarni yetishtirib chiqargan.
© Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod AsadovKontsert, posvyaщennыy 85 – letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana
Kontsert, posvyaщennыy 85 – letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2022
Kontsert, posvyaщennыy 85 – letiyu Gosudarstvennoy konservatorii Uzbekistana
Yangiliklar lentasi
0