Rossiya

Rossiya Jahon sayyohlik tashkilotidan chiqishini eʼlon qildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishMoskovskiy Kreml arxivnoye foto
Moskovskiy Kreml arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mariya Zaxarova aprel oyida BMT huzuridagi Jahon Sayyohlik tashkilotining faoliyatini siyosiylashgan va ayrim davlatlar undan Rossiyaga zarar yetkazish maqsadida foydalanmoqda degan edi.
TOSHKENT, 10 iyun - Sputnik. Rossiya Hukumati Tashqi ishlar vazirligining Jahon sayyohlik tashkilotidan chiqishi haqidagi taklifini qabul qildi. Tegishli buyruq juma kuni rasmiy huquqiy axborot portalida eʼlon qilindi.
"Rossiya Federatsiyasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida"gi federal qonunning 36-moddasiga muvofiq Rossiya Tashqi ishlar vazirligining manfaatdor federal ijroiya organlari bilan kelishilgan Rossiya Federatsiyasining Jahon sayyohlik tashkiloti tarkibidan chiqishi toʻgʻrisidagi taklifini qabul qilish; ", deyiladi hujjatda.
Maʼlumot uchun 27 aprel kuni Rossiya BMT huzuridagi Jahon Sayyohlik tashkiloti faoliyati siyosiylashgani sababli tashkilot tarkibidan chiqish niyati borligini maʼlum qilgan edi.
Oʻsha kuni JST Bosh Assambleyasi navbatdan tashqari yigʻilishida “Ukrainada davom etayotgan harbiy hujum munosabati bilan” Rossiyaning aʼzoligini toʻxtatishga qaror qildi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bu qarorni “siyosiy ikkiyuzlamachilik namunasi” deb atadi va Gʻarb davlatlari bu tashkilotdan oʻz manfaatlari yoʻlida, jumladan, Rossiya Federatsiyasini kamsitish maqsadida foydalanishini taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya SSSRning huquqiy vorisi sifatida 1991 yildan beri JSTda ishtirok etib kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0