Toshkentda 12-iyun kuni ommaviy velosayl bo‘lib o‘tadi

© NOKVeloprgulka vTashkente
Veloprgulka vTashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda 12-iyun kuni havaskor velosipedchilar orasida velosayl bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda sportni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi bir necha tashkilotlar havaskor velosipedchilarni 12-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan velosaylda ishtirok etishga taklif qilishdi.
Sog‘lom turmush tarziga befarq bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimizni 12-iyun kuni soat 08:00 da boshlanadigan tonggi velosayrga taklif etamiz. 3-iyun – Butunjahon velosiped kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan ushbu sayrda ishtirok etib, xayrli tadbirga o‘z hissangizni qo‘shing, - deyilgan chaqiriqda.
Velosaylning start nuqtasi - Internashional mehmonxonasinning oldida.
Tadbir Sportni rivojlantirish vazirligi, Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari, Velosipedchilar assotsiatsiyasi, Velosport federatsiyasi va boshqa tashkilotlar ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0