Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainadagi vaziyat: Rossiya Mudofaa vazirligi brifingi

© Sputnik / Aleksey MayshevVoyennoslujashie RF na sentralnoy ploshadi Melitopolya.
Voyennoslujashie RF na sentralnoy ploshadi Melitopolya.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari bir sutkada Ukrainaning 3ta samolyoti, bitta Buk-M1 raketa tizimi, ikkita "Grad" va 5ta tankini yo‘q qildi
TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligining Ukrainada o‘tkazilayotgan maxsus operatsiya bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni xabar qildi.
Unda aytilishiga ko‘ra o‘tgan kun davomida Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan qo‘yidagilar amalga oshirilgan:
Xarkov viloyatida xorijlik yollanma askarlarni joylashtirish punktini yo‘q qilindi. Bunda yuqori aniqlikdagi havodan uchiriladigan raketalardan foydalanilgan;
Havo hujumidan mudofaa tizimlari bir sutkada Nikolayevsk viloyatida Ukrainaning 2 ta MiG-29 va Xarkov viloyatida 1 ta Su-25 samolyotini urib tushirdi;
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Xarkov viloyatining Dolgenkoe, Suxaya Kamenka va Malaya Kamishevaxa aholi punktlari hududlarida "Uragan" reaktiv o‘t ochish tizimining 3 ta snaradlarini tutib oldi;
Ukraina qo‘shinlari reaktiv yoppasiga o‘t ochish bo‘linmalarining beshta o‘q otish pozitsiyasiga zarba berildi, Buk-M1 havo mudofaa tizimi yo‘q qilindi;
Rossiya aviatsiyasi Ukrainaning kuchlari va vositalari to‘plangan 48 ta hududga zarba berdi, 170 dan ortiq millatchi, 5 tank, 6 qurol va Krasnopole yaqinidagi omborni yo‘q qildi;
Bir sutkada 300 dan ortiq millatchi, Ukraina qo‘shinlarining ikkita "Grad" tizimi, 9 ta qurol va yoqilg‘i ombori raketa va artilleriya tomonidan yo‘q qilindi.
Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov aytishiga ko‘ra, mda DXR va LXR kuchlari tomonidan maxsus operatsiya davomida Ukraina Qurolli kuchlarining 3503 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 506 ta raketa moslamasi, 1859 ta dala artilleriyasi va minomotlari, shuningdek, 3545 ta maxsus harbiy texnikalar yo‘q qilingan.
Shuningdek, 198 ta samolyoti, 130 ta vertoloti, 1180 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini yo‘q hamda 337 ta zenit-raketa komplekslari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0